30.Shohruh Mirzo davrida Movarounnahr va Xuroson.
Temuriylar saltanatining taqdiri oydinlashib, Xuroson hokimi bo‘lmish Shohrux Mirzo (1405-1409) Temuriylar davlatining oliy hukmdori (1409-1447) sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan tarixda esa Shohruxning deyarli 40 yillik barqaror hukmronlik davri boshlandi. O‘zaro nizo va fitnalar, iqtisodiy, savdo munosabatlarini chippakka chiqargan vayronagarchilik urushlaridan charchagan xalq ommasining yerli qatlamlari, markazlashgan kuchli davlat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan Shohrux Mirzoning say-harakatlarini qo‘llab-quvvatlar edilar. Chunki, faqatgina kuchli, markazlashgan davlatgina tinchlik, osoyishtalik, iqtisodiy barqarorlik, xavfsizlikni ta’minlashi mumkin edi. Shohrux Mirzo Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li bo‘lib, u 1377 yil 20 avgust kuni tavallud topgan edi. Uning onasi Tag‘oy Turkon og‘o turkey qoraxitoy urug‘idan bo‘lib, kelib chiqishi bo‘yicha o‘rtahol xonadon vakilasi bo‘lgan. Nizomiddin Shomiy o‘zining «Zafarnoma» asarida Shohruxning siyosiy faoliyati 1397 yili, uning Xuroson hokimi etib tayinlanishidan boshlanganligini ta’kidlaydi.Shohrux yoshligidan ilmga, taqvoga berilgan yigit bo‘lgan. Bu holat, qolaversa uning kelib chiqishi ona tomonidan
aslzodalarga taqalmasligi keyinchalik Shohruxning taxt vorisi etib tayinlamasligining sabablaridan biri bo‘ldi. Qolaversa, taxt vorisi Pirmuhammad garchi Amir Temurning nevarasi bo‘lsa ham, Shohruxdan bir yosh katta bo‘lgan. Shubhasiz, yuqoridagi holatlar Shohruxni taxt egasi bo‘lishi ehtimolidan uzoqlashtirar edi. Yana bir holatga e’tiborni qaratish mumkin.
Tarixiy manbalarda, masalan Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir asarlarida Shohruxni «hoqoni sayid», «bahodir» deya ta’riflashadi va hech qaerda «ko‘ragon» unvoni uchramaydi. Bu esa Shohruxni chingiziylar xonadoni bilan shaxsan qarindoshlik rishtalarini bog‘lamaganligidan darak beradi. Holbuki, «ko‘ragon» unvonini olish o‘sha davr
taomiliga ko‘ra katta obro‘ egasi hisoblangan. Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy Amir Temurning “yetti yillik” harbiy safari davrida ham Shoxrux Mirzoning malum harbiy yurishlarda ishtirok etganligini takidlaydilar. Shohrux Mirzo garchi ko‘p vaqtini ilm, mutoala, toat-ibodatga bag‘ishlasada, lekin uning harbiy sarkardalik, hukmdorlik faoliyati ham o‘z
navbatida yuqori darajada bo‘lgan. Shohruxning oqilona, mo‘tadil ichki va tashqi siyosati bois uning davlatida tinchlik-osoyishtalik uzoq vaqt hukmronlik qildi, ilm-fan rivoj topdi, obodonchilik, qurilish ishlariga e’tibor kuchaydi, shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etdi, ularning ko‘pdan-ko‘p turlari dovrug‘I uzoqlarga borib yetdi. Shohrux Mirzo o‘z otasi Amir Temur kabi davlatni oqilona va halollik bilan boshqarish yo‘lini tutdi. Bu borada uning shaxsiy fazilatlari ham katta rol o‘ynadi.
Shohrux Mirzo Amir Temur davlati o‘zagini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shohrux Mirzo 1429 yili o‘zining xavfli raqibi bo‘lmish Qoraquyunlilar amiri Iskandarga qarshi Salmos cho‘lida bo‘lgan jangda Shohrux qo‘shini g‘alaba qozonadi. Mazkur jangda Shohruxning o‘g‘illari - G‘iyosiddin Boysung‘ur, Ibrohim, Muhammad Jo‘kiy Mirzolar o‘z harbiy mahoratlarini namoyon qiladilar. Shohrux shuningdek, Badaxshon va Seyistondagi isyonlarni ham bostirishga muvaffaq bo‘ladi. U deyarli barcha o‘lka, viloyat noiblarini o‘z lavozimlaridan chetlashtirib, o‘ziga ishonchli hisoblagan qarindosh-urug‘larini bu lavozimlarga qo‘ya boshlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon – Ibrohim Sultonga, Sheroz-Suyurg‘atmishga, Kobul va Qandahor-Qaydu Mirzoga, Xurosonning bir qismi - Boysunqur Mirzoga, G‘arbiy Eron hamda Iroqi Ajamning bir qismi - Sulton Muhammadga, Fors viloyati-Abdullo Mirzolarga suyurg‘ol tarzida bo‘lib berilgan.
Dostları ilə paylaş: |