Amir Temur davriga oid manbalar


Ashtarxoniy hukmdorlarining islohotchilik



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə41/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

Ashtarxoniy hukmdorlarining islohotchilik faoliyati
Subhonqulixonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1702-1711) mamlakatda hukm surayotgan siyosiy tarqoqlikni tugatishga hamda markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdori bo‘ldi. Uning Samarqand, Hisor, Termiz va Shahrisabzga qilgan yurishlari natijasiz tugagan bo‘lsada, uzoq qamaldan so‘ng Balxni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Manbalarning guvohlik berishicha, Ubaydullaxon Balxni egallagach, qo‘shindagi otlar va tuyalar dehqonlar ekinlarini payhon qilmasliklari haqida buyruq berdi. Bu bilan u o‘ziga soliq to‘lovchi aholi manfaatini ko‘zlagan va oddiy aholini o‘ziga og‘dirishga harakat qilgan.
Shunga qaramasdan Ubaydullaxonning mahalliy hokimlar hamda amirlarning ayirmachilikharakatlarini sindirish yo‘lidagi ko‘plab sa’y- harakatlari tegishli samarasini bermadi. Ubaydullaxon davlatdagi boshqaruv apparatida islohot o‘tkazishga harakat qilib, ko‘plab amaldorlarni mansabidan chetlashtirdi. Ularning o‘rniga hunarmandlar va savdogarlarning farzandlarini mansablarga tayinladi. Shuningdek u mamlakatdagi yirik yer egalari bo‘lgan jo‘ybor shayxlarining soliq imtiyozlarini ham bekor qildi. Ammo, Ubaydullaxonning bu harakatlari unga norozi kuchlarning ko‘payishiga xizmat qildi,xolos.
Ubaydullaxon mustaqil amirlarning iqtisodiy qudratiga zarba berish, davlat xazinasini boyitish hamda mamlakat moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida 1708 yilda pul islohotini o‘tkazdi. Bu islohotga ko‘ra, xazinada mavjud kumush tangalar eritilib, har biridan to‘rtta kumush tanga qayta zarb qilindi. Qiymati past bo‘lgan yangi tangalar eski tangalar bilan bir xil muomalada bo‘lishi e’lon qilindi. Ammo, zarb etilgan past qiymatli tangalar bozorlarda savdogarlar tomonidan olinmasdan do‘konlar yopib qo‘yildi. Natijada aholining noroziligi kuchayib, Buxoroda qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bu qo‘zg‘olon katta kiyinchilik bilan bostirilgan bo‘lsada, mamlakatdagi ahvol yaxshilanmadi.
Ubaydullaxon davrida jung‘orlar Movarounnahr hududiga harbiy yurishlarini amalga oshirdilar. Ular Toshkent va Samarqandga xavf sola boshlagach, xon o‘z qo‘shini bilan ularga qarshi yurishni ham amalga oshirdi. Ubaydullaxon davlat ishlariga kelib chiqishidan farqli ravishda hunarmand va savdogarlarning farzandlarini ham jalb qila boshladi. Bu davrda qo‘shbegi lavozimiga o‘tirib, katta mavqega ega bo‘lgan To‘raquli qushbegi kelib chiqishi bo‘yicha zodagon oiladan bo‘lmay, bu esa saroydagi ko‘plab amaldorlarning noroziligiga sabab bo‘lganligini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Shubhasiz, Ubaydullaxonning markazlashgan davlat sari yo‘l tutishi, nizo-parokandalikka qarshi turishi zodagonlar, harbiylar, yuqori darajadagi amaldorlarning bir qismi noroziligining yanada o‘sishiga olib keldi. Bunga katta nufuzga ega bo‘lgan Mahmudbiy faoliyatini ham misol qilib keltirish mumkin. Mahmudbiy Balx hokimi bilan birga xon hokimiyatiga ochiqchasiga qarshi chiqadi. Mahmudbiyning ta’siri ostida xonning jiyani Muhammad Muqim Sulton (1697-1707) Balx hokimi sifatida xon hayotlik chog‘idayoq oliy hukmdorlikka da’vo bilan chiqadi. Ubaydullaxon o‘zaro nizo va ayirmachilikka qarshi chiqib, markazlashgan davlat uchun harakat qilgan oxirgi ashtarxoniy hukmdori bo‘lib qoldi. Ubaydullaxon II obodonchilik ishlariga ham e’tibor beradi. U Buxoroda madrasa, poytaxt g‘arbida Xonobod chorbog‘i barpo ettiradi. Ubaydullaxon 1711 yili fitna natijasida o‘ldirildi.



Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin