Amroqulova shohsanamxonning "global iqtisodiy rivojlanish" fanidan mustaqil ishi



Yüklə 6,19 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,19 Kb.
#207288
Globallashuv sharoitida mamlakatning milliy raqobatbardoshligini oshirish omillari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
 
IQTISODIYOT YO’NALISHI
(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
 
4 - KURS 20.120 - GURUH TALABASI
 
AMROQULOVA SHOHSANAMXONNING
 
“GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Globallashuv sharoitida mamlakatning milliy raqobatbardoshligini oshirish omillari

Bugungi globallashuv sharoitida mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, mustaqillikni mustahkamlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Bunday sharoitda davlatning ma’naviy- axloqiy negizlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy merosining mavqeyini saqlab qolishga erishish lozim.

Globallashuv (lot. globus — shar, yer sayyorasi) - XX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning kengayishi, dunyo miqyosida axborot makoni diniy- ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushuncha.

Shuningdek, bu tushuncha jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada o‘zaro yaqinlashuvi, birlashuvi, voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosga ega bo‘lishi, butun yer sharini qamrab olishi bilan xarakterlanadi.

Globallashuv bu - avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir».

Milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlarning negizini umuminsoniy va milliy axloq, qadriyat, madaniyat, din va tarbiya asoslariga zid bo‘lgan, inson shaxsining tubanlashuvi, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy me’yorlarga rioya etmaslik bilan bog‘liq jarayonlar tashkil qiladi.

Ma’naviy tahdidlar deganda tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi insonning erkin bo‘lib yashashiga qarshi qaratilga uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni tushunamiz.

Globallashuv jarayonlari ilm, fan-texnika, iqtisodiyot va boshqa sohalar bilan bir qatorda, davlat boshqaruvini demokratlashtirish masalasiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari, jismonan va ma’nan sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.

Globallashuv jarayonlari natijasida milliy o‘zlikka xavf soluvchi multimadaniyat kirib keldi.

Endilikda uning ta’siri ostida har bir millatga xos bo‘lgan xususiyatlar umumiy madaniyat bilan qorishib ketmoqda.

Jamiyat rivojiga salbiy ta’sir etadigan, ayanchli oqibatlarga olib keladigan mafkuraviy tahdidlarga qarshi jamiyat a’zolari, avvalambor, yoshlarimizning chuqur va har tomonlama bilim olish orqali imon-e’tiqodini mustahkamlash.

Globallashuvning zararli oqibatlariga qarshi tura olishda:

  • milliy intellektual salohiyatni oshirish;
  • milliy-ma’naviy merosni yoshlar ongi va
  • dunyoqarashining ajralmas qismiga aylantirish;

  • yoshlarga milliy o‘zligini anglatish va ularda
  • vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish;

  • tarixiy ong va tarixiy xotirani shakllantirish, tarixga
  • bo‘lgan qiziqishni oshirish;

  • oila sha’ni, mahallasiga bo‘lgan mehr-muhabbat,
  • kitob o‘qish, bilim va ma’rifatlilikni targ‘ib qilish;

  • milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga hurmat va ehtiromni tarbiyalash lozim.

Savol va topshiriqlar:

1. «Globallashuv» atamasining mazmun-mohiyatini

tushuntirib bering. Rasmlarga qarab fikringizni

asoslang.

2. «Globallashuv bu avvalo, hayot sur’atlarining

beqiyos darajada tezlashuvi», deganda nimani

tushunasiz?

3. Globallashuvning jamiyatga, davlatning ma’naviy

yuksalishiga qanday ta’siri bor? Fikringizni asoslang.


Yüklə 6,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin