`
318
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
TEXNIK VA
ANALITIK TAROZI, UNDAN FOYDALANISH
1
Mamadjonov Shoirbek Erkinboy o‘g‘li
2
Sotiboldiyeva Gulasal Shirinbek qizi
3
Komiljonova Zulhumora Tolibjon qizi
Namangan muxandislik qurilish insituti talabalari
gayipovski@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7475744
Tarozilar analitik kimyoda ishlatiladigan asosiy asboblardan biri hisoblanadi.
Analiz qaysi usul bilan bajarilmasin, uning natijasi tekshirilayotgan moddaning
maъlum
miqdoriga keltirilshi, masalan, uning og’irligiga nisbanat foizlarda
ifodalanishi kerak. SHuning uchun analizni boshlashdan oldin moddalarni
tekshirish uchun kerakli miqdori tarozida tortib olinadi.
Analitik tarozi turlariga VLT 200, ADV-200
tipidagi tarozilarni, dempfer
tarozisini, VA-200 tipidagi, A-200 tipidagi tarozilarni kiritishimiz mumkin.
Xozirda kimyo laboratoriyasida eng ko’p qo’llaniladigan tarozilar VA-200
tipidagi hamda ADV-200 dempfer tarozilaridir.
Analitik tarozi asosiy qism – shayn (teng elkali richag),
tarozi shkafi, vetrikal
strelka, tarozi pallalari, darajadarga bo’lingan shkala, prizma, ilgaklar, arretir
kabilardan iborat. SHuningdek analitik tarozining 50, 20, 10, 5, 2, 1 gr., 10
mg.dan 990 mg.gacha massali maxsus toshlari bo’lib,
bu toshlar maxsus
qo’tichada saqlanadi. Analitik tarozilar juda kichik va aniq og’irliklarni tortish
uchun xizmat qilib, ularning tortishi mumkin bo’lgan maksimal og’irlik 200 gr.
Bu tarozilarning tortishdagi xatosi 0,0002 gr.ni tashkil etishi mumkin. Tarozi 10
mg.dan 900mg.gacha bo’lgan toshchalari plastinka shaklida va 10 mg. 90
mg.gachasi haltachalar shaklida bo’ladi.
Analitik tarozi – moddalarni aniq tortadigan noziq tarozi; ki-myoviy analizlarda
ishlatiladi. Analitik tarozida ogʻirligi 2 gdan 200 g gacha boʻlgan
mod-dalar
0,04 mg gacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining toʻliq analitik (100–500 g li,
1–5 mg aniqlikda tortadigan), yarim mikroanalitik (20–50 g li, 0,2–0,25 mg
aniqlikda), mikroanalitik (20–30 g li, 0,01 mg aniqlikda), probirka (1–2 mg li,
0,04 mg aniqlikda); teng yelkali va bir yelkali xillari bor. Bir yelkalida posangi
boʻladi. Koʻpincha, teng yelkali va ikki pallali Analitik tarozi ishlatiladi. Analitik
tarozi ni chang, shamol, kishi nafasidan sakdash
uchun u oynali shkaf ichiga
oʻrnatiladi.
Tarozining tuzilishi. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan eng muhim
asboblaridan biri tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni
bilishi zarur. Laboratoriya amaliyotida turli aniqlikda
pallali tarozilardan
foydalaniladi. Pallali tarozilar 1-2 g- moddaning ortiq yoki kamligi ahamiyatga
ega bо‘lmagan hollarda ishlatiladi. 0,01g aniqlik bilan tortish talab qilinganida,