Analizatorlarnning yosh xususiyatlari va gigiyеnasi.
Ko‘rish gigiyenasi. Eshitish organining gigiyenasi. Odam eshitish a ’zosining yaxshi rivojlanishi, sog‘lom bo ‘lishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishi zamr:
— yashash, o ‘qish, ishlash va jam oat joylarida tinchlikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlami ko‘rish lozim. Chunki yuqori kuchdagi tovush (shovqin) to ‘lqinlari nog‘ora pardaga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bora-bora uning elastiklik xususiyati yo‘qolishiga olib keladi. Natijada odamning eshitish o ‘tkirligi pasayadi va u sekin tovuslilami aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bundan tashqari, uzoq ta ’sir qiladigan kuchli shovqin nerv sistemasini haddan tashqari q o ‘zg‘atib, uyqusizlik, tez jahl chiqish, yurak sanchish, qon bosimining ko‘tarilishi kabi kasalliklarga sabab bo ‘ladi.
Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p may da bezlar b o ‘lib, ulardan yog‘simon sarg‘ish suyuqlik ajraladi. Ba’zan shu suyuqlik to ‘planib qolishi tufayli quloq bitadi, g‘uvullaydi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga o ‘ralgan bint (paxta) yordamida tashqi quloq yo‘lini artib tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganida ham shunday qilinadi.
Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldini olish uchun haftada bir- ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo‘lini artib turish maqsadga muvofiqdir;
— odam og‘iz, burun, tomoqning shamollashi va gripp kasalliklaridan saqlanishi kerak. Kasallik paydo b o ‘lganida esa vaqtni kechiktirmasdan shifokor maslahatiga binoan davolanishi zarur. Aks holda og‘iz, burun, tomoqdagi mikroblar shu yerdagi shilliq pardaning yallig‘lanishi natijasida hosil bo’ladigan shilimshiq suyuqlik bilan birga Yevstaxiy nayi orqali tomoqdan o ‘rta quloq bo‘shlig‘iga o‘tib, uni yal 1 ig“ 1 antiradi. Ba’zan o‘rta quloq bo‘shlig‘ida yiring to ‘planib, undan nog‘ora parda zararlanib teshilishi mumkin. Bu esa quloqdan yiringli suyuqlik oqishiga olib keladi. Ayrim hollarda, o ‘z vaqtida davolanmaslik oqibatida yiring icliki quloqqa o ‘tib, eshitish retseptorlarining zararlanislii tufayli kar b o ‘lib qolish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o ‘rta quloq bilan bosh miya orasidagi suyak juda yupqa bo ‘lganligi uchun quloqning yiringli kasalliklarida yallig‘lanish jarayoni miya pardasini va to‘qimasini ham yallig‘lantirib, meningit, ensefalit kabi og‘ir kasalliklarga sabab b o ‘lishi mumkin