Analog va raqamli sxemotexnika маърузачи: Ф. Ирисқулов


Ta’lim texnologiyalari va metodlari



Yüklə 29,33 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü29,33 Kb.
#167484
1   2   3   4   5   6   7   8
Analog va raqamli sxemotexnika-fayllar.org

Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • Ma‘ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish;

  • individual loyihalar;
    - jamoa bo‘lib ishlash va ximoya qilish uchun loyihalar


Kreditlarni olish uchun talablar:
Fandan talabalarni baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida amalga oshiriladi.
Kredit modul tizimida talabalar fandan jami 100 bal yig’ishi kerak. Shundan 50 balini oraliq (ON), joriy (JN) hamda mustaqil ta’lim (MT) uchun qo‘yiladi. Ushbu fan doirasida har bir semestrda 2 tadan ON lar uchun 10+10=20 ball, JN uchun 20 ball hamda MT uchun 10 ball, jami 50 ball yig’iladi. Qolgan 50 bali yakuniy nazoratda (YN) olinadi.
Talaba navbatdagi nazoratga kirishi uchun ushbu tarzdagi nazoratga ajratilgan balning kamida 60%ni olgan bo‘lishi shart, aks holda bir turdagi nazoratning navbatdagisiga qo‘yilmaydi.
Joriy nazorat ballari laboratoriya ishlarini bajarish va topshirish orqali olinadi. Har bir laboratoriya ishiga ajratilgan ballarga ega bo‘lish uchun belgilangan muddatda topshirilishi kerak.
Talaba YN kirishga ruxsat olishi uchun dastlabki 50 ballning (ON, JN, MT) kamida 60% ni, ya’ni 30 balni yig’gan bo‘lishi kerak. Aks holda talaba YNga qo‘yilmaydi.
YNda talabaga barcha o‘tilgan mavzular doirasida tuzilgan savollar bo‘yicha yozgan yozma ish (yoki test savollari) uchun ball qo‘yiladi. YNga ajratilgan 50 ballning kamida 60%ni (30 ball) olingan taqdirda talaba fanni o‘zlashtirgan xisoblanadi va 9 kreditga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi baholash tartibi ushbu fan bo‘yicha faqat 1 ta semest uchun mo‘ljallangan bo‘lib, keyingi semestr uchun ham xuddi shu tartib amal qiladi. Unda faqat o‘tilgan mavzular doirasida imtihon savollari o‘zgaradi.
Fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichaliri OO‘MTV 15.01.2021 yildagi №30-sonli buyrug’ining 7-ilovasiga muvofiq konvertatsiya qilinadi (“3” – 60-70; “4” – 71-90; “5” – 91-100).
Joriy, oraliq nazorat, mustaqil ish shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni muvoffaqiyatli topshirishi kerak bo‘ladi.
Adabiyotlar.

  • Аналоговая и цифровая схемотехника: учеб. пособие /А. В. Бубнов, К. Н. Гвозденко, М. В. Гокова. – Омск: Изд-во ОмГТУ, 2010.– 80с.

  • Кучумов А. “Электроника и схемотехника”, Ўқув қўлланма (Рус) Гелиос АРВ нашриёти, Москва., 2002 й.

  • Арипов Х.К., Абдуллаев А.М., Алимова Н.Б. Sxemotexnika. Oliy o‘quv yurtlar uchun darslik – Тошкент: Тafakkur bo‘stoni , 2013., 448 b.

  • Uljaev E., Ubaydullayev U.M., Narzullayev Sh.N. «Analog va raqamli sxemotexnika» fanidan laboratoriya ishlariga uslubiy qo‘llanma. Toshkent: ToshDTU. 2021. – 98 b.

    Yüklə 29,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin