Analogli va raqamli o’lchash asboblari Reja



Yüklə 409,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix03.05.2023
ölçüsü409,66 Kb.
#106872
  1   2   3   4   5
9-Ma\'ruza



Analogli va raqamli o’lchash asboblari 
 
Reja: 
1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. 
2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari. 
2. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi. 
3.Analog o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari. 
4. Analog o‘lchash asboblari turlari 
 
 
 


 
1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari 
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan 
belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning 
me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan 
xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, 
muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, 
yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan 
qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini 
chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning 
pasportida keltirilgan bo‘ladi. 
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi 
bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi 
asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: 

а.k
 

0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4

 
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning 
keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi: 

а.k
=

k mах

k
;


а.k
 

k mах

k
q


х max 
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan 
chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 
1,5 % ga tengligini bildiradi. 
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik 
klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani 
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 
klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari 
±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda 


shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu 
sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya 
etilmaydi. 
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan 
berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi 
xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi. 

Yüklə 409,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin