Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Burun bo‘shlig‘i
(cavum nasi)
 
yuzning o‘rtasida joylashgan 
(75-rasm). G‘alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasi 
va dimog‘ suya gidan hosil bo‘lgan burun to‘sig‘ining suyak qismi 
past tomon da burun qirrasiga mustahkamlanib uni ikki bo‘lakka 
ajratadi. Burun bo‘shlig‘ining old tomonida yon tomondan ust-
ki jag‘ suya gining burun kemtigi, yuqo ridan burun suyaklarining 
pastki chekkalari bilan chegaralangan burunning noksimon teshigi 
bor. Orqa tomonda burun bo‘shlig‘i xoanalar vositasida halqumga 
qo‘shiladi. Burun bo‘shlig‘ining uchta devori tafovut qilinadi.
Burun bo‘shlig‘ining ustki devorini burun suyaklari, peshona 
suyagining burun qismi, g‘alvirsimon suyakning g‘alvirsimon plas-
tinkasi va ponasimon suyak tanasining pastki yuzasi hosil qiladi.
Burun bo‘shlig‘ining pastki devori ustki jag‘ suyagining tang-
lay o‘sig‘i va tanglay suyagining gorizontal plastinkasidan hosil 
bo‘lgan.


138
Burun bo‘shlig‘ining lateral devori murakkab tuzilgan. Uni 
ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘i, g‘al virsimon suyak labirin-
ti, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi va qanotsimon 
o‘simta ning medial plastinkasi hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘i-
ning lateral devori da uchta: burunning yuqorigi, o‘rta va past-
ki chig‘anoqlari bo‘lib, ular burun bo‘shlig‘ining yon devorini 
uchta burun yo‘liga ajratadi. Yuqorigi va o‘rta chig‘anoq g‘alvir-
simon labirintning qismi bo‘lsa, pastki burun chig‘anog‘i alohi-
da suyak.
Yuqorigi burun yo‘li
 
yuqorigi va o‘rta burun chig‘anoqlari 
o‘rtasida joylashgan. Unga orqa g‘alvirsimon katakchalar va po-
nasimon bo‘shliq aperturasi ochiladi.
O‘rta burun yo‘li
 
o‘rta va pastki burun chig‘anoqlari o‘rtasi-
da joylashgan. Unga oldingi va o‘rta g‘alvirsimon katakchalar, pe-
shona, ustki jag‘ bo‘shliqlari aperturasi ochiladi.
Pastki burun yo‘li pastki burun chig‘anog‘i bilan qattiq tanglay 
o‘rtasi da joylashgan. Uning oldingi qismiga ko‘z yoshi-burun ka-
nali ochiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin