101
ko‘stlararo chiziq,
orqa tomondan esa ko‘stlararo qirra vositasi-
da birikib turadi.
Son suyagi tanasi oldinga qarab biroz bukilgan silindrsimon
shaklda, oldingi yuzasi silliq. Suyak tanasining orqasida g‘adir-
budir chiziq bo‘lib, u medial va lateral lablarga ajragan. Lablar
suyak tanasining o‘rta
qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va
pastga yo‘nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga qarab lablar katta
va kichik ko‘stlar tomonga yo‘naladi. Lateral lab kengayib katta
dumba mushagi birikadigan dumba g‘adir-budirligini
hosil qilsa,
medial lab taroqsimon chiziqqa o‘tib ketadi. Past ga tomon ikkala
lab bir-biridan uzoq lashib, uchburchak shaklidagi taqim yuza sini
chegaralaydi. Son suyagining pastki (distal)
uchi kengayib, ikki-
ta yumaloq do‘nglik hosil qiladi. Medial do‘nglik lateralidan kat-
taroq. Ular orqa tomonda o‘zaro do‘nglar orasidagi chuqurcha
bilan ajrab turadi. Do‘nglarning yon tomonida medial va late-
ral do‘ng usti do‘mboqchasi ko‘rinib turadi. Do‘nglarning
oldingi
yuza lari o‘rtasida tizza qopqog‘i yuzasi bor.
Har bir do‘ng usti do‘mboqchasi sohasida do‘ng usti chiziqla-
ri bor. Lateral do‘ng ustidagi do‘mboqcha sohasida taqim egati
joylashgan.
Dostları ilə paylaş: