Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Mushak to‘qima
Mushak to‘qima
 
odam organizmida harakatni vujudga keltiradi. 
U qisqaruvchi miofibrillardan tashkil topgan.
Mushak to‘qima silliq va ko‘ndalang-targ‘il mushaklarga bo‘-
linadi. Silliq mushak to‘qima (11-rasm) uchlari o‘tkirlashgan 
duksimon shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, qisqa-
ruvchi miofibrillar hujayraning periferiyasida uning o‘qi bo‘ylab 
joylashadi.
Silliq mushakning tayanch apparati hujayraning atrofida joy-
lashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi ingichka kollagen va elastik to-
lalardan iborat. Silliq mushak to‘qima ichki a’zolar (oshqozon, 


24
ichak, qovuq, bachadon va boshqalar) qon, 
limfa tomirlar va terining mu shak qavatini 
hosil qiladi.
Silliq mushaklarning qisqarishi ixtiyor-
dan tashqari va s
е
kin bo‘ ladi. U oz miq-
dorda energiya sarf qilib va charchamasdan 
uzoq v aqt qisqargan holatda turishi mum-
kin. Qisqarish faoliyatining bu turi tonik 
qisqarish deb ataladi.
Ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qima 
suyak richaglarini harakat 
ga keltiruvchi 
skelet mushaklarini va ba’zi ichki a’zolar 
(til, halqum, qizilo‘ngachning yuqori qis-
mi) tarkibiga kiradi. Tananing turli qismla-
rida bu to‘qima o‘z xususiyatlariga ega. Ske-
let mushaklarining katta qismi yuqori tez-
likda qisqarish va tez charchash xususiya-
tiga ega. Ha rakat faoliyati ning bu turi te-
tanik qisqarish de yi ladi. 
К
o‘ndalang tar g‘il 
mushak (12-rasm) murakkab tuzilgan ko‘p 
o‘zakli ko‘nda lang tar g‘il mushak hujayra-
laridan iborat. Ular cho‘zilgan silindr shaklida, uchlari yumaloq 
yoki o‘tkir bo‘lib, ular orqali tolalar bir-biriga tegib turadi yoki 
pay va fas siya lar biriktiruvchi to‘qimasiga yopishadi. Ko‘ndalang 
targ‘il mushak tolalar uzunligi odamda 10 sm va undan ko‘p, 
diamet ri 12–70 mkm. Ularning qisqaruvchi apparati ko‘ndalang 
targ‘il miofibrillar bo‘lib, ularning ko‘ndalang targ‘illigi qoram-
tir va yorug‘ sohalarning turli xil fizik-kimyoviy va optik xusu-
siyatlarga egaligidandir. 
Skelet mushaklari bi riktiruv-
chi to‘qimaga boy bo‘lib, ular 
mushak tolalarini o‘rab yup 
qa 
endomiziyni hosil qiladi. 
К
o‘n-
dalang targ‘il mushaklar bosh 
miya po‘stlog‘idan kelayotgan 
impulslar ta’sirida ixtiyoriy ra-
vishda qisqaradi. Bundan tash-
qari bir qism mushaklar (qo-
vurg‘alararo mushaklar, diafrag-

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin