412
ti davomida orga nizmda turli kasallik chaqiruv chi agentlarga
qarshi antitelalar ish lab chiqariladi.
Ular ham asosiy rolni lim-
fositlar o‘ynagan gumoral immunitetni hosil qiladi.
Odamga tirik, kuchsizlantirilgan yoki o‘lik mikrob va virus-
lardan tayyorlangan maxsus antigenlari bo‘lgan vaksinalarni yu-
borish, unung organizmida shunga mos
antitelalar ishlab chiqa-
radi va shu bilan birga ma’lum yuqumli kasalliklarga qarshilik –
orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi.
Taloq
Taloq immun tizimining periferik a’zosi. Taloq qon shaklli
elementlarini hosil qilishda va modda almashinuvida ishtirok
etadi. U toq a’zo bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ida chap IX–XI qo-
vurg‘a sohasida joylashadi. Uning uzunligi katta odamlarda 10–
14 sm, kengligi 6–10 sm, qalinligi 3–4 sm, og‘irligi o‘rtacha er-
kaklarda – 192 g, ayollarda – 153 g. U cho‘zinchoq
oval shakli-
da bo‘lib, rangi to‘q qizil, ushlab ko‘rganda, yum shoq. Taloq-
da (178-rasm) ikki: yuqori va tashqi tomonga qaragan silliq dia-
fragmaga
qaragan yuza,
oldinga va ichki tomonga qaragan a’zo-
larga qaragan yuza
tafovut qilinadi. A’zolarga qaragan yuzasi-
da
taloq darvozasi
joylashgan. Uning a’zolarga qaragan yuzasi-
da qo‘shni ichki a’zolar tegib turadigan qismlari bor. Taloq dar-
vozasi oldida ko‘ringan
osh qozonga qaragan yuza
osh qozonni
tubiga tegib turadi. Taloq darvozasi orqasida joylashgan buyrak-
ka qaragan yuza
chap buyrakning
yuqori uchi va chap buyrak
usti beziga, taloq darvozasidan pastda uning oldingi uchiga yaqin
joylash gan chambar ichakka qaragan yuza chambar ichakning
chap bukilmasiga tegib turadi. Taloqning
diafragmaga qaragan
yuzasini oshqozon yuzasidan ajratadigan ustki cheti o‘tkir qirra-
li bo‘lib, unda 2–3 ta ko‘ndalang o‘ymalar bor. Pastki cheti esa
to‘mtoqroq.
Taloqning orqa uchi yuma loq,
yuqoriga va orqaga qaragan. Oldingi uchi
o‘tkir, oldinga yo‘nalib, ko‘ndalang cham-
bar ichakdan yuqorida yotadi. Taloq qo-
Dostları ilə paylaş: