Anatomiya 2014. indd


Avtonom va somatik nerv tizimining o‘zaro farqi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə409/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Avtonom va somatik nerv tizimining o‘zaro farqi
1. Somatik nervlar miya so‘g‘oni va orqa miyaning boshidan 
oxirigacha har bir segmentdan chiqadi va segmentar tarqaladi. Av-
tonom nervlar markaziy nerv tizimining to‘rt qismidan chiqadi.
2. Reflektor yoyda (207-rasm) avtonom nerv tizimining ora-
liq neyroni hujayralari orqa miyaning yon shoxlarida joylashib, 
ularning aksonlari tugun oldi tolalarini hosil qiladi. Ular mielin 
parda bilan qoplangan. Avtonom nerv tizimining effektor neyro-
ni tugunlardan boshlanib, tugun orqa tolalarini hosil qiladi. So-
matik nerv ti zimining effektor neyroni markazdan to a’zogacha 
hech qayerda uzilmaydi.
3. Somatik nerv tolalari ustidan mielin parda bilan qoplangan 
bo‘l sa, avtonom nerv tolalarida mielin parda juda yupqa yoki umu-
man bo‘l maydi.
4. Somatik nervlar ko‘ndalang-targ‘il mushaklar va sezgi a’zo-
207-rasm. Avtonom reflektor yoy:
1–oldingi tarmoq; 2–orqa tarmoq; 3–orqa miya 
tuguni; 4–orqa ildiz; 5–oldingi ildiz; 6–kulrang 
qo‘shuluvchi tarmoq; 7–simpatik poya tuguni;
8–ichki a’zolarning katta nervi; 9–oq qo‘shiluvchi 
tarmoq; 10–simpatik poya.


487
larini innervatsiya qiladi. Vegetativ nervlar esa ichki a’zolar va 
qon tomirlar silliq mushaklarini, shuningdek, bezlarni innervat-
siya qiladi. 
Simpatik va parasimpatik nervlarning o‘zaro farqi
1. Parasimpatik nerv tizimining markazlari bir-biridan uzoqda 
va kichik sohada, simpatik nerv tizimining markazi bitta katta so-
hada joy lashgan.
2. Simpatik nerv tizimi barcha ichki a’zolarni va ko‘z olmasi-
ning silliq mushaklarini innervatsiya qiladi, parasimpatik nerv tizi-
mi esa siydik yo‘li va ba’zi bir yirik qon tomirlarda bo‘lmaydi.
3. Parasimpatik nerv tugunlari ichki a’zolar devori ichida yoki 
a’zoga yaqin joylashsa, simpatik nerv tugunlari esa umurtqa po-
g‘onasi yonida yoki oldida joylashadi.
4. Parasimpatik nervlarning tugun oldi tolalari uzun, tugun or-
qa tolalari qisqa bo‘lsa, simpatik nervlarning tugun oldi tolalari 
qisqa, tugun orqa tolalari uzun bo‘ladi. 
Simpatik va parasimpatik nervlar organizmga qarama-qarshi 
ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan bu ikki tizim o‘zaro ham-
korlikda faoliyat ko‘rsatadi. Masalan: parasimpatik nerv tizimi 
ta’ sirida yurak harakati sekinlashsa, tomirlarni toraytiruvchi sim-
patik nervlar faoliyati pasayib, qon tomirlar shunga mos ravishda 
kengayadi va qon oqishi sekinlashadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin