497
qiyshiq (yuqorigi va pastki) mushaklari tafovut qilinadi. Ularning
beshtasi (pastki qiyshiq mushakdan boshqa) ko‘z kosasi tubida,
ko‘ruv kanali atrofidagi suyak va suyak pardaga mustahkamlan-
gan umumiy pay halqadan boshlanadi. Bu umumiy pay halqa-
dan yuqo rigi qovoqni ko‘taruvchi
mu shak
ham boshlanadi. Ko‘z
olmasining yuqo rigi, pastki, lateral va medial to‘g‘ri mushaklari
ko‘z kosasi devorlari bo‘ylab yo‘naladi va qisqa pay vositasida mu-
guz pardaning chekkasidan 5–8 mm orqaroqda skleraga birikadi.
Yuqorigi qiyshiq mushak ustki va ichki to‘g‘ri mushaklar o‘rta-
sida yo‘nalib, ingichka pay bilan g‘altak ustidan aylanib o‘tib, ko‘z
olmasining ustki tashqi yuzasiga ekvatorning orqasiga birikadi.
Pastki qiyshiq mushsak ust ki jag‘ suyagining ko‘z kosasi yuza-
sidan burun-ko‘z yoshi kana li teshigi yonidan boshlanadi. U ko‘z
olmasining ostki to‘g‘ri mu shagi o‘rtasidan yuqoriga va orqaga
qiyshiq yo‘nalib, ko‘z olmasini tashqi
yuzasiga ekvatorning orqa-
sida birikadi.
O‘ng va chap ko‘z olmalarini harakati muvafiqlashgan bo‘lib,
ikkala ko‘zning harakati birgalikda bir tomonga va bir nuqtaga
yo‘naladi. Ko‘z olmasining to‘g‘ri mushaklari qisqarganida, ko‘z
olmasini o‘z tomoniga tortadi va qorachiqni o‘sha tomonga qara-
tadi. Yuqo rigi qiyshiq mu shak ko‘z olmasini va qorachiqni past ga
va lateral tomonga bursa, pastki qiyshiq
mushak yuqoriga va la-
teral tomonga buradi.
Ko‘z yoshi apparati ko‘z yoshi bezi, uning konyunktiva qop-
chasiga ochiladigan chiqaruv naychalari va ko‘z yoshini olib
ketuv chi naylaridan iborat. Ko‘z yoshi bezi murakkab alveolyar
naysimon bez turkumiga kirib, ko‘z kosasi
ustki devorining tashqi
burchagida yotadi. Uning 15 ga yaqin chiqaruv naychalari konyu-
nktiva yuqo ri gumbazining lateral qismida konyunktiva qopcha-
siga ochiladi. Ko‘z yoshi ko‘z olmasining oldingi qismini y uvib,
qovoqlar chekkasi bo‘ylab ko‘zning medial burchagiga ko‘z yoshi
ko‘liga tomon oqadi. Ko‘z yoshi ko‘li tubida joylash gan ko‘z yoshi
so‘rg‘ichidan ko‘z yoshi nuqtalari orqali ustki va past ki ko‘z yoshi
naychalari orqali ko‘z yoshi xaltachasiga o‘tadi. Ko‘z kosasining
pastki medial burchagida o‘z nomidagi chuqurchada joylashgan
ko‘z yoshi xaltachasi pastki burun yo‘lining oldingi qismiga ochi-
ladigan burun-ko‘z yoshi nayiga davom etadi.
Ko‘zning himoyachi hosilalariga qoshlar, kipriklar va qovoq-
lar kiradi. Qoshlar ko‘zni peshonadan
oqib tushadigan terdan hi-
498
moya qiladi. Yuqorigi va pastki qovoqlarning erkin chekkalari-
da joylash gan kipriklar ko‘zni chang, yomg‘ir va qordan himoya
qiladi. Yuqo rigi va past ki qovoq lar ko‘z olmasini old tomondan
qop lab turgan teri burmalaridir. Ular yopilgan vaqtda ko‘z olma-
sini himoya qiladi. Qovoqlarning oldingi yuzasi
qavariq bo‘lib,
terisi yupqa va nozik. Ko‘z olmasiga qaragan orqa yuzasi botiq
bo‘lib, konyunktiva bilan qoplangan.
Ularning oldingi chekkasi-
da 2–3 qator kipriklar joylashadi. Yuqorigi va pastki qovoqlar-
ning ichida zichligi tog‘aynikiga o‘xshagan biriktiruvchi to‘qi-
mali qatlam yuqorigi va pastki qovoqlar tog‘ayi, ko‘zning aylan-
ma mushagi, qon tomir lar va yuqorigi qovoqni ko‘taruvchi mu-
shak tutamlari yotadi.
Yuqorigi va pastki qovoqlarning chekkala-
ri ko‘ndalang ko‘z yorig‘ini chegaralaydi. Ular medial va lateral
tomonda birikib, qovoqlar orasidagi medial va lateral bitishma-
sini hosil qiladi.
Konyunktiva och pushti rangli biriktiruvchi to‘qimadan ibo-
rat. Unda qovoqlarning
ichidan qoplovchi
qovoqlarning konyukti-
va qavati va ko‘z olmasining oldingi yuzasiga o‘tib ketadigan ko‘z
olmasining kon yunktiva qavati tafovut qilinadi. Ularning biridan
biriga o‘tgan joyida botiqlik yuqorigi va pastki konyunktiva gum-
bazlari hosil bo‘ladi. Ko‘z yumilganida qovoqlarning konyunk-
tiva qavati bilan ko‘z olmasining konyuktiva qavati orasida tor
bo‘shliq – konyunktiva qopchasi hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: