Anatomiya fani



Yüklə 79,15 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,15 Kb.
#201598
1   2   3   4   5   6   7   8
ANATOMIYA FANI

(costae spurae) deyiladi. XI-XII juft qovurg’alarning tog’ayi qisqa bo’lib, ular qorin mushaklari orasida joylashadi va yetim qovurg’alar (costae fluctuantes) deb ataladi. Har bir qovurg’aning orqa uchida boshchasi (caput costae) bo’lib, unda ko’krak umurtqalari tanasidagi qovurg’a chuqurchasi bilan bo’g’im hosil qiladigan bo’g’im yuzasi (facies articularis capitis costae) bor. II-X qovurg’alarning boshchasi ikkita qo’shni umurtqalar bilan birikkani uchun bo’g’im yuzasini qovurg’a boshi qirrasi (crista capitis costae) ikkiga ajratib turadi. Bu qirradan qovurg’a boshchasini ko’krak umurtqasiga mustahkamlovchi boylam boshlanadi. I, XI, XII qovurg’alar boshchalari faqat bitta qovurg’a bilan birikkani uchun ularda bu qirra bo’lmaydi. Boshchadan keyin toraygan qovurg’a bo’yni (collum costae) bo’lib, uning yuqori chekkasida qirra (crista colli) bor. Bo’yinning tanaga o’tish joyida qovurg’a bo’rtig’i (tuberculum costae) bor. Uning bo’g’im yuzasi (facies articularis tuberculi costae) umurtqaning ko’ndalang o’simtasidagi qovurg’a bo’rtig’i chuqurchasi bilan bo’g’im hosil qiladi. XI, XII qovurg’alarda bo’rtig’i va bo’g’im yuzasi bo’lmaydi. Qovurg’a bo’yni va bo’rtig’i uning eng uzun qismi qovurg’a tanasiga (corpus costae) davom etadi. Qovurg’a tanasi bo’rtiqdan keyin oldinga bukilib qovurg’a burchagini (angulus costae) hosil qiladi. Birinchi ikkita qovurg’ada burchak qovurg’a bo’rtig’iga to’g’ri kelsa, keyingi qovurg’alarda burchak bilan qovurg’a bo’rtig’i orasidagi masofa uzoqlasha boradi. Qovurg’a tanasi yassi bo’lib, tashqi va ichki yuzasi, ustki va pastki qirralari tafovut qilinadi. Ichki yuzaning pastki qirrasi bo’ylab, qovurg’alararo qon tomirlar va nerv yotadigan qovurg’a egati (sulcus costae) o’tadi. I qovurg’ada ustki va pastki yuzalari, ichki va tashqi qirralari tafovut qilinadi. Uning yuqori yuzasida oldingi narvonsimon mushak bo’rtig’i (tuberculum m. scaleni anterioris) bor. Uning orqasida yaxshi bilingan o’mrov osti arteriyasi egati
Yüklə 79,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin