Anatomiya fani



Yüklə 79,15 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,15 Kb.
#201598
1   2   3   4   5   6   7   8
ANATOMIYA FANI

8-rasm. Dumg’aza suyagi
A-old tomoni: 1-basis ossis sacri; 2-processus articularis superior; 3-pars lateralis; 4-linae transversae; 5-forr. sacralia pelvina; 6- apex ossis sacri.
B-orqa tomoni: 1-canalis sacralis; 2-processus articularis superior; 3-tuberositas sacralis; 4-crista sacralis intermedia; 5-crista sacralis mediana; 6-hiatus sacralis; 7-cornu sacralis; 8-forr. sacralia dorsalia; 9-crista sacralis lateralis. joylashgan. Orqa dumg’aza teshiklaridan tashqarida yon qismlar (partes lateralis) joylashgan. Undagi quloqsimon yuza (facies auricularis) yonbosh suyagidagi shunday yuza bilan bo’g’im hosil qiladi. Uning yuqori qismida boylamlar va mushaklar birikadigan dumg’aza do’ngligi (tuberositas sacralis) bor. Dumg’aza umurtqalarining teshiklari o’zaro qo’shilib dumg’aza kanalini (canalis sacralis) hosil qiladi. Bu kanal pastga tomon torayib kanaldan chiqish teshigi (hiatus sacralis) bo’lib tugaydi. Uning ikki tomonidagi bo’g’m o’simtalari dumg’aza shoxini (cornu sacralis) hosil qiladi.


Dum umurtqalari (vertebra coccygeae) 3-5 ta. Ular katta odamda o’zaro birikib uchburchak shaklidagi dum suyagini (os coccygis) hosil qiladi. U oldinga qarab bukilgan bo’lib, asosi yuqoriga uchi esa pastga qaragan. I dum umurtqasida dumg’aza suyagi bilan bo’g’im hosil qiladigan uncha katta bo’lmagan tanadan tashqari dum shoxi (cornu coccygeum) ham bor.
To’sh suyagi
To’sh suyagi (sternum) (10-rasm) frontal sathda joylashgan yassi suyak. To’sh suyagi uch qismdan iborat. Uning yuqorigi qismi-to’sh suyagi sopi, o’rta qismi-tanasi va pastki qismi-xanjarsimon o’simtasi tafovut qilinadi.
To’sh suyagining sopi (manubrium sterni) to’shning kengaygan va qalin qismi. Sopning yuqori qismida uncha chuqur bo’lmagan bo’yinturuq o’ymasi (incisura jugularis) bor. Uning yon tomonlarida o’mrov suyagi birikkadidan o’mrov o’ymasi (incisura clavicularis) joylashgan. Undan pastda to’sh suyagi sopining yon tomonlarida I qovurg’a tog’ayi birikadigan o’yma (incisura costalis I) bor. Sopning pastki chekkasida II qovurg’a uchun yarim o’yma bo’lib, to’sh tanasidagi yarim o’yma bilan qo’shilib II qovurg’a o’ymasini hosil qiladi. To’sh suyagi sopining tana bilan qo’shilgan joyda oldinga qaragan to’sh burchagi (angulus sterni) hosil bo’ladi.
To’sh suyagining tanasi (corpus sterni) eng uzun qismi bo’lib, uning pastki qismi yuqoriga nisbatan keng. Tananing oldingi yuzasida taraqqiyot davrida suyak qismlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan ko’ndalang g'adir-budir chiziqlar ko’rinadi. Uning yon chekkasida chin qovurg’alar tog'ayi birlashadigan qovurg’a o’ymalari bor. VII qovurg’a o’ymasi tana bilan xanjarsimon o’simta o’rtasida joylashgan.



Yüklə 79,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin