Anatomiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 88,61 Kb.
səhifə4/13
tarix14.12.2022
ölçüsü88,61 Kb.
#74760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi

Ko`krak yoshi davri. Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda me`da-ichak, nafas a`zolari, tomoq-quloq kasalliklari ko`proq uchraydi.Shuning uchun ularni shamollashdan, gripp va shunga o`xshash kasalliklardan asrash kerak.Ayniqsa, me`da-ichak kasalliklarini oldini olishda idish-tovoqlarning tozaligi, ovqatlantirish tartibiga rioya qilish muhimdir.

Bola 1 oylik bo`lgunicha bir kecha-kunduzda 22 soat, 2 oyligida-20 soat, 3 oyligida 18-19 soat uxlaydi.

Ikki oylik bola bir kecha-kunduzda 800 ml sut qabul qilishi kerak. Undan keyin har oyda bir kecha-kunduzda bola qabul qiladigan sutning miqdorini 50 ml ga ko`paytirib boriladi. Lekin 1 yoshgacha bo`lgan bolaning bir kecha-kunduzda qabul qiladigan suti 1 litrdan oshmasligi kerak.

Bola o`sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi a`zolari, nerv sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik bolada ko`rish a`zosining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin, ya`ni u o`yinchoq qimirlagan tomonga ko`z soqqasini harakatlantiradi.

Uch oylik bola 18-19 soat uxlaydi. Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi, qo`llari bilan o`yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi. Besh oylik bola o`ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi, qiyqiradi, 7 oylikda bemalol o`tiradi, emaklaydi, 8 oylikda buyumlarni ushlab o`rnidan tura boshlaydi, 11 oylikda oddiy so`zlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi, 12 oylikda o`zi yura boshlaydi va ayrim oson so`zlarni ayta oladi.

Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi.Sut tishlari 6-7 oylikda chiqa boshlaydi va 1 yoshga to`lganida 8 ta tishi bo`lishi kerak.Bola boshning ensa va tepa suyaklari o`rtasidagi kichik liqildoq (bo`sh joy)-5-7 oyligida, peshona va tepa suyaklari o`rtasidagi katta liqildoq-10-12 oyligida bitadi. Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot qilish kerak.

D vitamini yetishmasa bola suyaklarining shakllanishi buziladi, liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi. To`sh, qovurg`a, qo`l-oyoq suyaklari yumshab egiluvchan bo`lib qoladi.

Chaqaloqning umurtqa pog`onasi tekis bo`ladi, ya`ni unda fiziologik egriliklar bo`lmaydi.U 8-10 haftalik bo`lganda, boshini tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog`onasining bo`yin qismida oldinga tabiiy egilish hosil bo`ladi. Bola 5 oyligida o`tira boshlaydi va uning umurtqa pog`onasi ko`krak qismida tabiiy egilma hosil bo`ladi.Bir yoshga kirgan bola yura boshlaydi va uning bel umurtqasida oldinga tomon tabiiy egilma hosil bo`ladi.

Xalqimiz qadimdan ko`krak yoshidagi bolani beshikda boqqan. Buning ijobiy tomonlari shundaki, bola beshikda yotsa o`rni, kiyimi quruq, toza saqlanadi. Bu esa uni shamolashdan saqlaydi.Uning qo`l-oyoqlari va tanasini bog`lab qo`yish suyaklari, ayniqsa umurtqa pog`onasi to`g`ri o`sishi va shakllanishiga imkon beradi.Ammo shuni ta`kidlash kerakki, ayrim yosh, tajribasiz onalar bolani beshikka noto`g`ri belaydi.Ular bolani juda qisib bog`lashi natijasida uning nafas olishi qiyinlashadi, qo`l va oyoqlari og`riydi, natijada uyqusi buziladi. Shuning uchun tajribali onalar va buvilar yosh juvonlarga bolani parvarish qilish, beshikka belash qoidalarini o`rgatishlari kerak.


Yüklə 88,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin