To’qima fermentlarini ajralishi va ularning aktivatsiyasi ushbu davrda katepsinlar va to’qimalarda gialuronidaza aktivlashadi.
To’qima bazofillariga fikasatsiyalangan JgE JgG4 larni degranulyatsiyasi. Immunoglobulinlarga antigen yopishganda ro’y beradi. Bazofillar degranulyatsiyasi paytida ko’p miqdorda gistamin, serotonin, geparin va sekin reaktsiya chaqiruvchi substantsiya A hosil bo’ladi, eozinofillarni emigratsiya qiluvchi omil va boshqa fermentlar ajraladi.
Gistamin, serotonin G1 retseptorlar orqali bradikininga o’xshash qon-tomirlarga tahsir ko’rsatadi, yahni bronx, ichak, bachadon muskullarni qisqartiradi, og’riq, qichishish, shok va nekroz chaqiradi. Bir vaqtda gistamin G2 retseptorlari orqali qarama-qarshi effekt chaqiradi. Sekin reaktsiya chaqiruvchi substantsiya A sekin, lekin uzoq davom etuvchi bronx muskullarini qisqarishini yuzaga keltiradi.
Prostaglandinlar hosil bo’lishi. Ular kam to’yingan yog’ kislotalarni hosilalari bo’lib, qon-tomirlar tonusini pasaytiradi, muskullar spazmini chaqiradi. Bundan tashqari, hujayralarda tsAMF to’planishini tahminlaydi, bu esa bronx muskullarini bo’shashiga, to’qima bazofillaridan biologik aktiv moddalarni chiqishini pasaytiradi.
Qon hujayrasi va to’qima parchalashidan hosil bo’lgan metobolitlarni to’planishi.
Leykotsitlarni parchalanishi va lizosomal fermentlarni ajralishidan xolinesteraza, atsetilxolin aktivligini o’zgarishiga, kaliy va Sa+2 kontsentratsiyasini ortishi, bu esa to’qima qo’zg’aluvchanligini o’zgarishiga olib keladi. Barcha biologik aktiv moddalar tizimi bir-biri bilan faoliyati bog’liq, shuning uchun, ularning o’zaro aktivlashuvi yoki tormozlashuvi mumkin. Ayrim biologik aktiv moddalar, bahzi allergik kasalliklar rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Sekin allergik reaktsiyalarni bioximik bosqichi (IV-tip)
Sekin allergik reaktsiya limfotsitni bevosita antigen bilan kontakt hosil qilgandan so’ng boshlanadi. Agar, antigen u yoki bu hujayrani komponenti bo’lsa, unga T- yoki V- killer kelib biriksa, hujayrani o’lishiga olib keladi. V killer, komplement tizimga o’xshab, perforin ishlab chiqaradi, ular hujayra membranasida to’planib, u yerda teshiklar hosil qiladi va o’limga olib keladi.
T-limfotsit hujayra membranasida antigen bilan kontakt hosil qilganda, undan biologik aktiv moddalar, limfakinlar ajratadi. Limfokinlar yordamida T-limfotsitlar, boshqa leykotsitlarni funktsiyasini boshqaradi. Limfokinlar qaysi hujayralarga tahsir etishiga ko’ra 5 xil, ularning tahsir etishiga ko’ra esa qo’zg’atuvchi va tormozlovchilari tafovutlanadi.
1. A-gurux limfokinlari makrofagotsitlarga tahsir etadi: makrofagotsitlar migratsiyasini ingibirlovchi omil (MIO), makrofagotsitlarni agregatsiyalovchi omil (MAO), makrofagotsitlar uchun xemetaksik omil (XO) va boshqalar.
MIO to’qimalarga makrofagotsitlarga migratsiyasini ingibirlasa, XO aksincha tahsir etadi.
2. B-gurux limfokinlari limfotsitlarga tahsir etadi: blastransformatsiya omili, Xelper omili, kuchaytirish omili, supressiya omili, Lourens (ko’chirish) omili va boshqalar.
Xelper omili T- va V- limfotsitlarni immun javob qilishlariga majbur etsa, aksincha supressiya omili tormozlaydi. Blastransformatsiya omili boshqa turdagi limfotsitlarni blastransformatsiya qiladi, shu yo’l bilan nuklein kislota sintezini aktivlashtiradi. Lourens omili esa limfotsitlardan sensibillashgan aktigen chiqaradi. Lourens omilida immunodefitsit kasalliklarni davolashda foydalanadilar.
3. V-gurux limfakinlari granulotsitlarga tahsir etadi: XO, ingibirlash makrofagotsitlarni (Mio) omiliga tahsir etadi.
Leykotsitlar emigratsiyani XO chaqirsa, ingibirlash omili esa aksincha tahsir etadi.
4. G-guruxdagi limfokinlar hujayra kulg’turasiga tahsir etadi: interferon, nuklein kislota sintezini ingibirlovchi sifatida qaraladi.
5. D-gurux limfokinlar butun organizmga tahsir etuvchilar bo’lib hisoblanadi, yahni terida reaktsiya chaqiruvchi, qon-tomirlar o’tkazuvchanligini oshiruvchi, shishni rivojlantiruvchi, to’qimaga leykotsitlarni chiqishini tahminlovchi omil hisoblanadi.
Limfokinlar tahsirida antigen joylashgan o’choqda bir necha soatda makrofagotsitlar, limfotsitlar, granulotsitlar to’planadi, qon-tomirlarda o’zgarishlar ketadi va natijada yallig’lanish rivojlanadi. Immunokompetent to’qimalarda (limfatik tugun, qorataloq va boshqalar) blasttransformatsiyalovchi antitela sintezi va T-limfotsitlarni hosil bo’lishi kuzatiladi.
Organizmda biologik aktiv moddalarni dezaktivatsiya qiluvchi, nishon hujayralarni ularning tahsiridan himoyalovchi mexanizmlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: |