Pollinoz (inglizcha ‘ollen, chang). Bunday anafilaksiyaga somon isitmasi, somon astmasi, bahorgi katar, changli rinopatiyalar kiradi. Bu kasalliklar mavsumiy harakterga ega bo’ladi. Ularning chaqiruvchilari: chang yoki o’simliklarni efir yog’i bo’ladi.
Bronxial astma, somon isitmasi, tarvoq, Kvink shishini oldinlari atopik allergik reaktsiyalar deb ataganlar, chunki bu allergik reaktsiyalar faqat odamlarda uchragan (atopiya g’alati kasallik deb tarjima qilinadi).
Zardob kasalligini 1905-yili Pirke va SHiklar kuzatdi. Insonlarga davolash maqsadida ot zardobi yuborilganda, quyidagi patologik holatni kuzatganlar: teri va shilliq qavatda toshma, hamda shishlar paydo bo’lgan, xolsizlanish, bosh va bo’g’imlarda og’riq, temperatura ortishi, proteinuriya, yurak faoliyati buzilishi kuzatilgan. Bahzida ushbu kasallik zardobni birinchi marta kiritganda ham yuzaga chiqadi. Bunday holat, juda ko’p zardob yuborilganda ro’y beradi, bunda oqsillar antitela paydo bo’lguncha to’qimalarda to’planadi. Geterogen zardob oqsillari va antitelalar terida, ichki organlarda o’zgarishlar chaqiradi. Simptomlar bir necha kundan so’ng o’tib ketadi.
Artyus-Saxarov fenomeni, Artyus va Breton 1905 yil, keyinchalik Saxarovlar bir haftalik interval bilan qaytadan ot zardobini quyonni terisiga yubordilar.
Ikkinchi, uchinchi haftadan so’ng inhektsiya qilingan joyda giperemiya, shish va infilg’tratsiya kuzatilgan. Patogenezi bo’yicha Artyus fenomeni aralash tipdagi allergik reaktsiya hisoblanadi, yahni sekin va tez kechuvchi allergik reaktsiyalar aralashmasi. Tez ketishini gumoral agentlar JgM, JgG hisobiga kelib chiqadi.
Antigen antitela bilan pretsipitatlar hosil qiladi, ular esa kengaygan venalarda to’planadi. Bu antigen yuborgandan, 3 minutdan so’ng ro’y beradi. Keyinchalik pretsipitatlar to’qimaga o’tiradi. Antigenlar kontsentratsiyasi kamayishi bilan arterialalar spazmi, tromboz, shish va nekroz kuzatiladi. Leykotsitlar to’qimalarga infilg’tratsiyalanadi va pretsipitatlarni aktiv yeb tugatadi.
Idiosinkraziyabahzi bir odamlarda oziq-ovqatlarga va dorivor moddalarga o’ta sezuvchanlikni ortishi bilan namoyon bo’ladi. Anafilaksiyadan farqli o’laroq, antigen tabiatli bo’lmagan moddalar ham chaqirish mumkin. SHuning uchun hozirgi kunda paraallergiya deb hisoblanadi.