Venoz giperemiya, turlari, etiopatogenezi va uning tugashi
Ishemiya, turlari, etiopatogeneziva uning tugashi
Patologik va himoya-moslashuv reaktsiyalarni organizmda bir vaqtda namoyon bo’lishi tipik patologik jarayonlar deb ataladi.
Bularga mahalliy qon aylanishni buzilishi, yallig’lanish, isitma, gipoksiya, o’smalar, RNni o’zgarishi, moddalar almashinuvini buzilishi, ochlik va boshqalar kiradi.
Ularning umumiy o’ziga xos belgilari va o’xshashliklari bor.
Ko’p sababliyligi, yahni polietiologiyaliyligi
O’ziga xos simptomokomplekslarni bo’lishi
Xususiy patogenezga esa ekanligi
Tananing turli joyida joylashganligi.
Mahalliy qon aylanishning buzilishi Organizmda qon aylanishni funktsional belgilariga ko’ra, markaziy va periferikka bo’linadi. Birinchisi yirik qon tomirlarda ro’y bersa, ikkinchisi mayda qon tomirlarda yoki ayrim izolyatsiyalangan to’qimalarda ro’y beradi.
Mayda qon tomirlarga: mayda arteriyalar, arteriolalar, metarteriolalar, postkapillyar venulalar, arteriolo-venulyar anastamozlar, venulalar, mayda venalar kiradi.
Mayda qon tomirlar qon harakati bilan bir qatorda, intensiv tarzda suv, elektrolitlar, gazlar, kerakli oziq moddalar, metobolitlar qon-to’qima-qon bo’yicha almashinuvi ro’y beradi.
Bundan tashqari, mayda qon tomirlar terida termoregulyatsiyani boshqarishda ham bevosita ishtirok etadi.
Periferik qon tomirlarni idora etilishi birmuncha murakkab, bir tomondan qon tomirlarni toraytiruvchi va kengaytiruvchi nerv mexanizmlar rolg’ o’ynasa, ikkinchi tomondan nospetsifik metabolitlar, neorganik ionlar, mahalliy biologik moddalar, gormonlar ham bu jarayonda bevosita ishtirok etadi.
Qon tomirlarni diametri kamayib borishi bilan ularning MNT tomonidan innervatsiyasini ahamiyati pasayib, metabolitik innervatsiyani roli ortib boradi. Organ va to’qimalarda funktsional va metobolitik tahsirlarga mahalliy qon aylanishni buzilishi bilan namoyon bo’ladi.
Bunday buzilishlarga, arterial va venoz giperemiya, ishemiya, staz, tromboz, emboliyalar misol bo’ladi.