Andijon davlat chet tillari instituti


– O’zbek moduli va ularga tavsif



Yüklə 3,38 Mb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü3,38 Mb.
#169230
1   2   3   4   5
Uzb History theme 5 with neo

5 – O’zbek moduli va ularga tavsif:


*Ushbu modelning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bosqich-lari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’lon qilindi.
O’zbek Modeli
Birinchi tamoyiliqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustu­vor­li­gi­ni ta’­minlash.
Ikkinchi tamoyildavlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim.
Uchinchi tamoyil qonunlarning va ularga rioya qilishning ustuvorligini ta’minlash
To‘rtinchi tamoyil faol ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
Beshinchi tamoyil bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o‘tish.
Mutaxassislar tomonidan ushbu atama 1993 yildan qo‘llanila boshlandi, chunki bu davrdan boshlab O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar o‘zida iqtisodiy o‘sish bilan hamohang tarzda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mujassamlashtirgan edi.

O’zbek modulini yillar davomida bosqichma – bosqich amalga oshirilishi:


Birinchi bosqich – 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya’ni bu davrda sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan har bir respublika o‘zining imkoniyati va umumittifoq taqsimotidan kelib chiqib, mintaqaviy xo‘jalik hisobiga o‘tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan sotsialistik munosabatlar va O‘zbekistonning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda o‘z ifodasini topdi.
Ikkinchi bosqich – mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya’ni o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini izlashning eng murakkab va qiyin pallasi hisoblanadi. O‘z taraqqiyot yo‘lini topish O‘zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko‘plab Evropa davlatlaridan farqli o‘laroq, xalqimiz o‘ziga xos eksperiment ob’ektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar hukmronlik qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlar keltirib chiqardi, chunki buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi.
Uchinchi bosqich – 1993-1995 yillar, ya’ni o‘zbek modeli amalga oshirilishining dastlabki davri. Ushbu bosqichda bozor infratuzilmasi vujudga keldi, xususan, uning normativ-huquqiy bazasi, xususiy sektor, bank-kredit mexanizmi uchun xizmat ko‘rsatish sohasi, soliq siyosati shakllanib bordi. SHuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, uy-joy fondini, ijtimoiy soha tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pulli xizmat ko‘rsatish kabilarda) faol xususiylashtirish jarayoni boshlandi hamda yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishga tayyorgarlik ko‘rildi. Eng muhimi, O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylandi.

Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin