Andijon davlat chet tillari instituti



Yüklə 3,38 Mb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü3,38 Mb.
#169230
  1   2   3   4   5
Uzb History theme 5 with neo


ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI
Roman-german va slavyan tillari fakulteti: Filologiya tillarni o’qitish: Yapon tili
Tayyorladi: Obidjonov Abdullo va Ne’matov Muhammadyusuf
  • O’zbekistonning eng yangi tarixi

  • - Mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
    Fan o’qituvchisi: Raupova Mushtariy Ilhomjonovna

Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi


Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va undagi belgilangan vazifalar.
O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni rivojlantirish yo‘lidagi chora-tadbirlar.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar va fermer xo‘jaliklarining tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratilishi.
Islohotlarning bosqichlari va undagi belgilangan vazifalar
(Mustaqillik yillariga qadar olib borilgan qator siyosiy iqtisodiy islohotlar)

O‘zbekiston hayoti - Ros­­si­ya imperiyasi, Sovet tuzumiga qaram vaqt mobaynida:


Sovet Ittifoqi - boshqaruvning faqat ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan foydalandi. Rahbarlik vazifasi ge­o­­g­ra­­fik, siyosiy, iqtisodiy va etnik jihatdan Rossiya qo‘lida mu­jas­sam­­lash­di. Shun­ga binoan, mar­kaz bilan etnik chekka joylar o‘rtasidagi mu­nosabatlar asosan imperiyacha shaklida bo‘lib, markazga mutloq bo‘ysunish holatida bo‘­lib keldi
Iqtisodiyotdagi ob’ektiv qonuniyatlarning inkor etilishi ishlab chiqarishning o‘sishiga salbiy ta’sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning kuchayishiga olib keldi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o‘rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning o‘rniga ma’muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yo‘lida to‘g‘anoq bo‘ldi.
Ittifoq davrida ajrab chiqish qiyin edi chunki respublikada ko‘p yillar davomida shakllangan xalq xo‘jaligi tarkibi, ya’ni unda paxta yakka hokimligining o‘rnatilgani, xomashyo resurslarining ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmagan va ishlab chiqarishning xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga ehtiyojning ortishiga olib keldi.
O‘zbekiston sharoitida yetishtirish va tayyorlash mumkin bo‘lgan iste’mol mahsulotlarining asosiy qismi ham (masalan, don va go‘shtning 70%, kartoshkaning 60%, shakarning 100%) respublikaga chetdan olib kelinardi. Hatto O‘zbekistonning o‘zida zaxiralari to‘lib-toshib yotgan osh tuzi ham tashqaridan keltirilardi.
Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o‘zining ko‘plab nuqson­la­ri­­ni yashirish va mamlakatdagi mavjud etishmovchiliklarni o‘z bo‘y­ni­dan so­qit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste’mol mol­lari va moddiy re­­surslar bilan ta’minlashni ittifoqdosh respublikalar zim­masiga majburan yukladi.
Don va Go‘sht:
Import hajmi: 70%
100%
Kartoshka:
Import hajmi: 60%
Shakar:
Import hajmi: 100%
70%
60%

Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin