Ikkinchidan – bu jahon aeroportlari, milliy va xalqaro havo makonlari ustidan nazorat vazifasidan iborat. Davlatning milliy havo makonining xavfsizligi uning harbiy-kosmik, iqtisodiy va madaniy-axborot makoni xavfsizligi bilan bevosita
bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda jahonda taxminan 5 ming xalqaro va mahalliy
aeroport mavjud. Ular orqali yo‘lovchi va yuk tashuvlari olib borilmoqda. Butun milliy havo makoni, shu jumladan aeroportlarning, chegara elektron-axborot, signal va mudofaa sistemasining xavfsizligini ta’minlash davlatning suveren
huquqlarining asosiy elementlaridan biri va uning qudratining
timsoli hisoblanadi. AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, YAponiya, Fransiya, Kanada,
Xitoy, Germaniya o‘z mamlakati va jahon havo makoni ustidan 390 nazoratni amalga oshiridigan eng muhim davlatlar sirasiga kiradi. SHuni ham aytib o‘taylikki, AQSH, Evropa Ittifoqi, Rossiya – zamonaviy yo‘lovchi, yuk va harbiy samolyotlar, AQSH,
Fransiya, Kanada va Rossiya – vertolyot ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlardir. Havo makonlarini himoya etish harbiy-dengiz kuchlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Uchinchidan– bu jahon kosmik makoni va Er atrofidagi orbitani egallash va uning ustidan nazoratni o‘z qo‘lida ushlab turish vazifasidir. Bu xususiyat elektron va raketa texnikasi keng qo‘llanayotgan keyingi yigirma yil ichida jahon geosiyosiy
tuzilmasining muhim mezonlaridan biriga aylanib, kosmik makonni o‘zlashtirish va undan foydalanish vaziyatini belgilay boshladi. Bu sohada AQSH, Rossiya va Xitoy eng ilg‘or davlatlardan hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda Fransiya, Buyuk Britaniya, YAponiya, Evropa Ittifoqining qator davlatlari o‘zlarining kosmik
makonni egallashga va ayrim maqsadlari yo‘lida ko‘pdan-ko‘p strategik dasturlarini amalga oshirishda undan foydalanishga qodir ekanliklarini namoyon etdilar.
Bugun atmosferani va Er atrofidagi orbitani egallash, kosmik makonni nazorat qilishning strategik dasturlari asosan AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bu dasturlar AQSHning kosmosda harbiy-strategik nazorat olib borish funksiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi va raqibning NATO mamlakatlarini nishonga olgan raketalaridan mudofaa sistemasini yaratish maqsadini ko‘zlaydi. Xalqaro huquq kosmosni militarizatsiya qilish imkonini bermasligiga qaramay, AQSH, Rossiya va Xitoyning har biri ayrim-ayrim ravishda kosmosdan
harbiy maqsadlarda foydalanish yo‘nalishida jiddiy ish olib borayotir. Tadqiqotchilar kosmosdan harbiy va strategic maqsadlarda foydalanish tobora tezlashadi va yaqin 50 yil ichida eng muhim geostrategik vositaga aylanadi, deb hisoblamoqdalar.
Er yuzasida mavjud kosmodromlar, kosmik raketalar va planetalararo ballistik raketalarni uchirish infratuzilmasi jahon kosmik makonini nazorat etishda alohida geosiyosiy rol o‘ynaydi. Ba’zi manbalarning ma’lumotlariga qaraganda, hozir
jahonda 21 kosmodrom bor. Ulardan 4 tasi Rossiyada (ulardan biri Qozog‘iston hududida bo‘lib, Rossiyaga ijaraga berilgan), 4 tasi AQSHda, 3 tasi Xitoyda joylashgan, Fransiya, YAponiya, Hindiston, Isroil, Braziliyaning har birida – bittadan kosmodrom ishlab turibdi. Ekvatorning boshqa hududlarida ham kosmodromlar bor.
Bu kosmodromlarning asosiy geostrategik ahamiyati Er atrofidagi orbitaga va kosmosga raketalarni - hozircha kosmik fazoga olib chiqadigan yagona naqliyot vositalarini uchirishdan iborat. Kosmodromlarning ahamiyati va iqtisodiy samarasi ularning ekvatorga yaqin joylashgani bilan o‘lchanadi. Ular ekvatorga
nechog‘li yaqin joylashgan bo‘lsa, raketalarni va ular tashiydigan ob’ektlarni Er atrofi orbitasiga chiqarish shunchalik oson va iqtisodiy ma’noda foydaliroq bo‘ladi.