Andijon davlat pedagogika instituti


-MAVZU. Geosiyosiy munosabatlar tizimida



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə40/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

12-MAVZU. Geosiyosiy munosabatlar tizimida
AQSHning roli
Reja:
1. AQSH tashqi munosabatlarining rivojlanish tarixi.
2.AQSHning geosiyosatida Rossiya.

3. O‘zbekiston va AQSH o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari.


O‘z davrining aqlli va iddaoli davlat arbobi, teran geostrategik tafakkur egasi bo‘lgan harbiy strateg AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt (1882-1945) urush davrining asosiy siymolaridan biri hisoblanadi. Ruzvelt tom ma’noda buyuk davlat arbobi va AQSH tarixida to‘rt marta mamlakat prezidenti etib saylangan yagona kishi


bo‘lgan.
Harvard universitetini tamomlagan Ruzvelt AQSHga rahbarlik qilgan yillari o‘z atrofida keng va teran miqyosda fikrlovchi strateg-intellektuallarni to‘pladi, mamlakatni jahonda birinchi davlatga aylantirdi va uning Evropa bilan strategik ittifoqi tuzishiga, qit’a ustidan izchil ta’sir o‘rnatishiga erishdi. Ruzveltning “YAngi yo‘l” deb nom olgan islohotlari ijtimoiy hayotning keng sohalarini qamrab olib, AQSHda davlat va iqtisodiy munosabatlarning shunchalik progressiv shakllarini
barpo etdiki, bular qisqa vaqt ichida Amerikani jahonning eng rivojlangan davlatiga aylantirdi. Bundan tashqari, Ruzvelt AQSH klassik geosiyosatchilarining
“yakkalab qo‘yish yo‘li bilan xavfsizlikka erishish” geostrategiyasidan voz kechib, erkin raqobat1 sharoitida “harbiy jihatdan jahonni nazorat qilish” taktikasini qabul qildi va amalga oshirdi.
Ruzvelt AQSHning 28-prezidenti Vudro Vilson tomonidan Birinchi Jahon urushidan keyin ilgari surilgan liberal tashqi siyosat yo‘lini kun tartibiga qaytaribgina qolmay, uni 1930 yillardan keyin rasmiy diplomatik yo‘lga aylantirdi37.
Vilsonning liberal-baynalmilalchi g‘oyalarini amerika olimi, o‘sha vaqtning taniqli geosiyosatchisi Isayya Boumen (1878-1950) davom ettirdi.
Boumen o‘zining “YAngi dunyo” (1921) kitobida Vilsonning “O‘n to‘rt modda” taklifidan kelib chiqqan holda liberal baynalmilalchilik doktrinasini ta’riflab berdi, insoniyat tarixida bosqinchilikka chek qo‘yishga chaqirdi va liberal munosabatlar, erkin tijorat va iqtisodiy musobaqa davri kelganini bayon etdi. Uning asosiy g‘oyalaridan biri AQSHni yakkalanish konsepsiyasidan voz kechtirish zaruriyatiga asoslanar edi. U AQSHni Evropa va butun jahonga ochilishga, Evropa, Osiyo,
Tinch va Atlantika okeanlari sohilida joylashgan barcha davlatlar bilan har tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘rnatishga va boshqa shu singari liberal faoliyatga undadi. Ruzvelt Vilson va Boumenning liberal tashqi siyosat
nazariyasini qabul qildi va uni amalga oshirishga kirishdi. 1933 yilda SSSRning tan olinishi va u bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi ham ana shu liberal tashqi siyosat va prezident Ruzveltning irodasining natijasi bo‘ldi. Ruzvelt geosiyosiy doktrinasi AQSH harbiy-dengiz kuchlarini kuchaytirish yo‘li bilan jahon okeanlariga chiqishga erishish, quruqlikdagi va dengiz sohilidagi boshqa yirik davlatlar yaqinida
harbiy va savdo bazalarini barpo etishga hamda bu hududlarda AQSHning ta’sirini kuchaytirishga asoslangan edi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z mamlakatining harbiy- geografik va geostrategik joylashuvi xususiyatlarini hisobga olgan Ruzvelt mamlakatni himoya qilish va uning xavfsizligi haqida emas (o‘sha vaqtda amerikaliklar to‘rt tomondan dengiz va
okeanlar tomonidan o‘ralgan AQSH hududiga hujum bo‘lishi ehtimolini hatto xayollariga ham keltirmas edilar), balki boshqa hududlarda dengiz bazalarini bunyod etish, jahonning eng muhim mintaqalarida harbiy ishtirokining ta’minlanishi va
kengaytirilishi vositasida AQSH ta’sirini ta’minlash ustida ko‘proq bosh qotirgan.
“Monro doktrinasi”1 asosida SHimoliy va Janubiy Amerikani birlashtirishni, Latin Amerikasi mamlakatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatishni, G‘arbiy yarim kurrada AQSH ta’sirini kuchaytirishni Ruzvelt o‘z mamlakatining
asosiy geosiyosiy maqsadi deb hisoblagan. Garchi Ruzveltning SSSRni tan olishi va u bilan birga antigitlerchi koalitsiyaga qo‘shilishi, shuningdek Yalta konferensiyasida SSSRga SHarqiy Evropa masalasida yon berishi tufayli raqiblarining unga hujum qilishiga bahona bo‘lgan bo‘lsada, shunga qaramay, AQSHning G‘arbiy Evropaga ta’sirini saqlab qolish va kengaytirish (lend-liz dasturi doirasida)
borasida o‘ynagan roli unga katta shuhrat keltirdi. Uning davrida boshlangan va keyingi prezidentlar davom ettirgan Atlantizm geosiyosiy konsepsiyasi AQSHni jahonning eng kuchli davlatiga aylantiribgina qolmay, balki uni butun kapitalistik dunyo manfaatlarining ifodachisiga ham aylantirdi. Ruzvelt, mohiyat e’tibori bilan, Amerika geosiyosiy strategiyasining 1933-1945 yillardagi asosiy yo‘nalishlarini
belgilab berdi. Boumenning liberal tashqi siyosatni tan olish, an’anaviy amerika yakkalanishidan chiqish va mamlakatni jahoniy davlatga aylantirish bu yo‘lning yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida faqat Mehen taklif etgan harbiy-dengiz quchi bilangina jahonda mustahkamlanib qolish mumkin emasligini anglagan holda harbiy aviatsiyani yaratish borasida jiddiy odimlar otish yana bir yo‘nalish edi.
Amerika geosiyosatini ishlab chiqishda Ruzvelt Boumendan tashqari G.Uaydjert, G.Straus-Xyuppe, V.Stefanson, O.Latimor, D.Uilsi va boshqalarning nazariy va amaliy ishlaridan ham foydalangan38.
Ruzvelt o‘zining yangi geosiyosiy yo‘lida, mohiyat e’tibori bilan, 1930-1940 yillarning atoqli strategi, Yell universiteti xalqaro munosabatlar institutining direktori N.Spaykmenning Rimland nazariyasidan ham foydalangan. Xususan, Spaykmenning
1942 yilda yozgan va jahon siyosatida Amerikaning roli masalasiga bag‘ishlangan
Turli ma’muriyatlar davrida va turli xalqaro sharoitlarda AQSH tashqi siyosatining shakllanishi va uni amalga oshirish jarayoni an’anaviy ravishda «izolyasionizm» siyosati bilan «faol aralashish» siyosati o‘rtasida tanlash muammosidan iborat bo‘lib kelgan. Doimo ikkala yo‘nalish ma’muriyatda ham, Kongressda ham, mamlakat jamoatchiligi orasida ham o‘z faol tarafdorlari va muxoliflariga ega bo‘lgan. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari boshqa mamlakatlarning muammolaridan muayyan darajada uzoqlashish zarurligini AQSH rivojlanishining tarixiy, geosiyosiy xususiyatlari bilan va bu mamlakatda, taniqli siyosatchi O’Neyl ta’biri bilan aytganda, «butun siyosat faqat mahalliy siyosatdan iborat» ekanligi bilan asoslashga harakat qilganlar. Ularning muxoliflari, o‘z navbatida, AQSHning milliy siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini jahonning turli nuqtalarida faol himoya qilmasdan, ittifoqchilar bilan hamkorlikda ish olib bormasdan va raqiblarga qarshi kurashmasdan Amerika jamiyatining barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin emas, deb ta’kidlaganlar.
Hozirgi bosqichda AQSH tashqi siyosatida ikkinchi yo‘nalish – xalqaro hayot muammolarini hal qilishda faol ishtirok etish siyosati ustunlik qilayotir.
Muayyan mamlakat yoki mintaqaga nisbatan AQSHning uzoq muddatli siyosati bir qancha omillar ta’sirida shakllanadi. Bu omillarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga AQSH tashqi siyosatining tarixan shakllangan asosiy prinsiplari zamirida yotuvchi omillar kiradi. Boshqacha aytganda, bu Amerika diplomatiyasining mohiyatini tashkil etuvchi, “qoniga singgan” omillardir. Ular uzoq muddatli, barqaror xususiyatga ega bo‘lib, ma’muriyat yoki Kongressning partiyaviy asosidan qat’i nazar u yoki bu darajada doim o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ikkinchi guruh omillari umuman olganda birinchi guruh omillariga bo‘ysunadi. Ular muayyan tarixiy sharoit, xalqaro vaziyatning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari, jahon bozoridagi holat bilan bog‘liq. Amerika diplomatiyasi sub’ektlari partiyaviy dasturining o‘ziga xos xususiyatlari ham shu omillar bilan belgilanadi.
Hozirgi sharoitda AQSH tashqi siyosatining strategiyasini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat.
Birinchi omil – dunyo miqyosida ustunlik (global dominance), global liderlik strategiyasi. SSSR parchalanib ketganidan so‘ng AQSHning jahondagi etakchi davlat sifatidagi mavqeini mustahkamlash Amerika diplomatiyasining bosh g‘oyasiga aylandi. Bu g‘oya boshqa har qanday davlat yoki mamlakatlar guruhidan iqtisodiy, harbiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, axborot sohalarida AQSHning strategik ustunligini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu, o‘z navbatida, Vashingtonga jahondagi siyosiy jarayonlarga o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Dunyo miqyosida etakchilik qilishga bo‘lgan bu intilish xalqaro munosabatlar sohasiga ko‘chirilgan «biologik atavizm» emas. U tabiiy bir hol bo‘lib, qo‘lga kiritilgan ustunlikdan muayyan natijalarga erishishga intilishni aks ettiradi.
AQSH tashqi siyosati hozirgi dunyoga har qanday mamlakatni va istalgan mintaqada o‘z xohish-irodasiga bo‘ysundirishga qodir qudratli va barqaror etakchi davlatga ega bo‘lgan bir qutbli tizim sifatida qaraydi. Bu konsepsiyaga ochiq yoki yashirin qarshilik ko‘rsatish nimaga olib kelishini AQSHning Iroqdagi, undan oldinroq – Afg‘oniston va Sudandagi harakatlari, shuningdek Pokiston va Hindistonga qarshi sanksiyalar ko‘rsatdi. Vashington «ko‘p qutbli» dunyo konsepsiyasini tan olmaydi.
Dunyo miqyosidagi ustunlikni mustahkamlash bo‘yicha harakatlarning ichki mantiqiga ko‘ra mamlakat teng huquqli strategik ittifoqchiga ega bo‘lmaydi. AQSHning NATO bo‘yicha hamkorlari bilan munosabatlari bundan buyon shu mantiqqa asosan rivojlansa kerak. Bu uzoq kelajakda AQSH mavqeiga muayyan xavf tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. SHu ichki mantiqqa ko‘ra biron-bir davlat jahonning biron-bir hududida AQSH manfaatlariga zid yoki ularga mos kelmaydigan manfaatlarni ilgari surishi mumkin emas. SHu bois AQSHning dunyo miqyosidagi ustunlik sxemasiga muayyan darajada mos kelmaydigan mamlakatlar bevosita yoki bilvosita tazyiq o‘tkazish ob’ekti sifatida baholanadi. Markaziy Osiyoga nisbatan bu hozir shunda namoyon bo‘ladiki, 90-yillardan farqli o‘laroq, Rossiya yoki boshqa regional davlatning bu mintaqadagi «qonuniy manfaatlari» yuzasidan munozaralar deyarli barham topdi. Endilikda bu erda AQSH o‘z ta’sirini o‘rnatishi kerakligi va maqsadga muvofiqligiga Vashingtonda hech kim shubha qilmaydi va biron-bir uchinchi kuchning manfaatlarini hisobga olishni zarur deb hisoblamaydi.
SHuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillar mobaynida halqaro rivojlanish, “bir qutbli” dunyoning barqarorligi” haqidagi tezis o‘z tasdig‘ini topmayapti. Bugungi dunyoga xos bo‘lgan voqelik bu – uzluksiz mojarolar, zo‘ravonlik va terrorizmning keng tarqalishi, xalqaro munosabatlarda tanglikning keskin o‘sishi va deyarli barcha mamlakatlarda yangi qo‘poruvchilik harakatlarini xavotir bilan kutib turish holati, kuchayib borayotgan ksenofobiya, ya’ni chet elliklarga nisbatan adovatning ildiz otishi. “Demokratik lider-davlatning” dunyo rivojiga ko‘rsatajak ijobiy ta’siri” bilan bog‘liq bo‘lgan optimizm, nekbinlik ham amalda tasdig‘ini topa olmadi. Global barqarorlik rivojining asosiy muammolari nainki echilmoqda, balki yanada murakkablashmoqda. Iroqdagi harbiy-siyosiy inqiroz, hatto AQSHning o‘zida “Vashingtonning global miqyosdagi majburiyatlari haddan tashqari kattaligi” yuzasidan bahslarga olib kelmoqda.
YAgona “superdavlat” va butun qolgan dunyo orasidagi ziddiyatlar natijasida, antiamerikanizm kayfiyatlari tobora ortib borayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Bu kayfiyatlar shu jumladan Amerikaning doimo va so‘zsiz g‘oyaviy va harbiy-siyosiy ittifoqchilari bo‘lgan mamlakatlarda ham paydo bo‘lmoqda.
Ikkinchi omil – geosiyosiy yondashuv prinsipi. Amerika diplomatiyasi bu prinsipni ko‘p yillardan beri ishlab chiqib qo‘llab kelmoqda va bundan buyon ham unga amal qilsa kerak. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, «kuchlar nisbati» nazariyasi o‘tgan davrlarda qo‘l kelar edi. O‘sha davrda manfaatlari zid bo‘lgan mamlakatlar (yoki davlatlar guruhi)ning harbiy-siyosiy salohiyatini muvozanatga solish mumkin bo‘lgan edi. Hozirgi sharoitda bu yondashuv barqarorlikni ta’minlay olmaydi. Bundan tashqari, u AQSHning dunyo miqyosidagi ustunlik prinsipiga mos kelmaydi. Geosiyosat prinsipiga ko‘ra, jahon geografik, iqtisodiy va sivilizatsion mezonlarning birligidan kelib chiqib shakllanadigan regional tuzilmalardan tashkil topadi. Bunga ko‘ra muayyan mamlakat bir necha geosiyosiy tuzilma tarkibiga kirishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston «sobiq SSRI hududi», «yangi mustaqil davlatlar», «islom dunyosi», «Markaziy Osiyo», «Markaziy Osiyo va Kaspiybo‘yi mintaqasi»ga kiradi. Ayrim yirik tadqiqotchilarning fikricha, so‘nggi yillarda ro‘y berayotgan geosiyosiy o‘zgarishlar shunga olib keladiki, O‘zbekiston, o‘z tarixiy ajdodlari kabi, YAqin va O‘rta SHarqning tarkibiy qismiga aylanadi. Ayrim amerikalik tadqiqotchilar “Osiyo” bu asosan Xitoy va Tinch Okean mintaqasini qamrab oluvchi makon, degan yondashuvidan kelib chiqqan holda, uning tarkibiga O‘zbekistonni kiritmaydilar.
Regional tuzilmada uzoq muddatli siyosatni amalga oshirishda AQSH hamkori bo‘lishga qodir tayanch davlatni ajratish geosiyosiy yondashuvning asosiy prinsiplaridan biridir. Odatda, bunday hamkor sifatida nafaqat etarli siyosiy, iqtisodiy va madaniy salohiyatga ega bo‘lgan, balki AQSHning g‘oyaviy imperativlari va ijtimoiy qadriyatlariga qo‘shiladigan mamlakat tanlanadi (bundan mustasno holatga misollar yo‘q emas. Masalan, uzoq vaqt mobaynida AQSHning eng yaqin hamkori Saudiya Arabistoni bo‘lib kelgan).
Manfaatlari bir-biriga zid bo‘lgan juda ko‘p mamlakatlar Markaziy Osiyo va Kaspiy havzasiga e’tiborni kuchaytirgan hozirgi sharoitda AQSH mintaqada obro‘li, barqaror va ishonchli hamkorga muhtoj bo‘lib turibdi. Islom dunyosiga ta’sir ko‘rsatish vositalarini ko‘paytirish, Eronga qarshilik ko‘rsatish vazifasi ham Vashington uchun dolzarb bo‘lib qolayotir.
Uchinchi omil - «demokratiyani faol ilgari surish» prinsipi. Mohiyat e’tibori bilan, AQSH mafkuraviy, chuqur ildiz otgan qadriyatlar va prinsiplar tizimiga ega davlatdir. Liberal demokratiya, huquqiy davlat va tadbirkorlik erkinligi AQSH jamiyatining asosiy qadriyatlari hisoblanadi. Tashkil topgan paytidan beri bu mamlakat G‘arb sivilizatsiyasi g‘oyalarining in’ikosi va ifodachisi bo‘lish vazifasini o‘z zimmasiga olishga intilib kelmoqda. Har mir masih, messian davlat kabi AQSH o‘z g‘oyaviy imperativlarini tarqatish doirasini kengaytirishga harakat qilayotir. AQSHning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy pragmatizm ko‘pincha «demokratik fundamentalizm» prinsipi bilan uyg‘unlashmoqda. Bu shu jumladan Marshal rejasini amalga oshirishda, YAponiya va Janubiy Koreyani tiklashda, Isroil, Misr, Ukrainaga ko‘p milliardli yordam ko‘rsatishda namoyon bo‘ldi. Bunda AQSH moddiy yordam ko‘rsatish bilan bir vaqtda, o‘ziga o‘xshagan davlatlarni vujudga keltirishga ham harakat qildi. Ayrim mamlakatlarga nisbatan «ikki xil standart» qo‘llash holatlariga qaramay, demokratiya, fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyoti masalalari AQSHning chet mamlakatlar bilan munosabatlari mazmuniga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli omil bo‘lib qolayotir.
AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan tashqi siyosatiga ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlari mintaqa mamlakatlarini islohotlarni dadil amalga oshirishga moyil emas, G‘arb demokratiyasi va bozor iqtisodiyoti qadriyatlarini tan olmaydigan mamlakatlar – o‘ziga xos «kommunizm qo‘riqxonasi» sifatida ko‘rsatishlari katta ta’sir ko‘rsatdi.
YUqorida qayd etilganidek, AQSH diplomatiyasining masih, messian xarakteri, oxirgi yillarda Amerika qadriyatlarini “universial va barchaga taalluqli” degan tushunchadan kelib chiqqan holda, ularni boshqa mamlakatlarga “eksport” qilishga urinishlarida ko‘rinmoqda. Bu maqsadlarga salmoqli mablag‘lar va diplomatik faoliyat safarbar etilmoqda. Ammo, ko‘p holatlarda, AQSH ma’muriyati va Amerika nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan “ko‘mak va texnik yordam dasturlari”, odatda, AQSH manfaatlarini ilgari surishga emas, balki antiamerikanizmning kuchayishiga va boshqa mamlakatlarda barqarorlikning izdan chiqishiga olib kelmoqda.
To‘rtinchi omil - «tashqi siyosatning iqtisodiylashuvi» prinsipi. Amerika tashqi siyosati boshqa davlatlarning diplomatyasiga nisbatan savdo-iqtisodiy maqsadlarga erishishga ko‘proq yo‘naltirilgan siyosatdir. Bu uning xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirishga intilishida va «energetik xavfsizlik»ni ta’minlash strategiyasini amalga oshirishida namoyon bo‘ladi.
Birinchi holda AQSH «nisbiy ustunliklar» (comparative advantages theory) iqtisodiy konsepsiyasidan kelib chiqadi. Bu konsepsiyaga ko‘ra, o‘z iqtisodiyotining muayyan tarmog‘ida mehnat unumdorligi darajasi boshqa mamlakatlarning shunday ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lgan mamlakat shu tarmoq mahsulotini eksport qilishga intilishi lozim. Mamlakatda ishlab chiqarishning samaradorligi past bo‘lgan mahsulotni esa import qilish zarur. SHunga asosan va AQSHda ijtimoiy mehnat unumdorligi boshqa mamlakatlardagidan yuqori ekanligini hisobga olib, Qo‘shma SHtatlar jahon bozoridagi to‘siqlarni mumkin qadar kamaytirishga harakat qilmoqda. Buning uchun u Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro Valyuta Fondi va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning imkoniyatlaridan faol foydalanmoqda. AQSH olib borayotgan (ayniqsa, YAponiya va Xitoyga nisbatan) ikki taraflama diplomatiya siyosati ichki bozorni himoya qilish bo‘yicha proteksionistik chora-tadbirlarga barham berishga qaratilgan.
Markaziy Osiyo geografik jihatdan AQSHdan uzoqda joylashganligi tufayli, uning Qo‘shma SHtatlar bilan bevosita savdo aloqalarini faol kengaytirish imkoniyati cheklangandir. Kichik va o‘rta korxonalar kapitalining daromaddorlik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa mamlakatlar AQSHga yaqinroqda joylashganligini ham hisobga olish lozim. SHu bois bugungi kunda iqtisodiy aloqalar strategiyasini mamlakatning katta kapital sarfini talab qiladigan tarmoqlarida yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishga qaratish maqsadga muvofiqdir. Zero, AQSH jahonda eng qudratli moliya kapitali bozori bo‘lib qolayotir.
Energiya resurslaridan foydalanish masalalari AQSH iqtisodiy diplomatiyasining ikkinchi ustuvor yo‘nalishidir. Ma’muriyatda Kaspiy havzasida energetik diplomatiya masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi va davlat kotibi lavozimining joriy etilishi ham shundan dalolat beradi. Bu AQSH o‘z milliy xavfsizligi manfaatlarini mustahkamlaydigan va mintaqada Amerika kompaniyalarining imkoniyatlarini kengaytiradigan SHarq-G‘arb quvur yo‘llari tarmog‘ini barpo etish niyatini aks ettiradi. Bu mintaqada AQSH faolligining asosiy sabablaridan biri uni Rossiya va Erondan ajratish, hech bo‘lmasa ularning imkoniyatlarini kamaytirishdan iborat ekanligi shubhasizdir.
AQSHning fikricha, O‘zbekiston, aytaylik, Ozarbayjon, Turkmaniston yoki Qozog‘iston kabi energiya resurslarining katta zaxiralariga ega bo‘lmasa ham, uning mintaqadagi mavqeini oshiradigan bir qancha strategik omillar mavjud. Mintaqadagi barqarorlik energetika sohasidagi barcha loyihalarni amalga oshirishning bosh shartidir. O‘zbekiston – Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi etakchi va obro‘li davlat. O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikni faollashtirish, mintaqadagi mojarolarni tartibga solish, narkobiznes va terrorizmga qarshi kurash olib borishga qaratilgan izchil tashqi siyosati energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘si SHarq-G‘arb iqtisodiy yo‘lagini muvaffaqiyatli barpo etishning garovidir. Bundan tashqari, ayrim nufuzli mutaxassislarning fikricha, katta neft zaxiralarining mavjudligi beqarorlik omili bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin. Asosan shu xom ashyoni ishlab chiqarishga qarab mo‘ljal olish ko‘pincha hokimiyat tuzilmalarida korrupsiyaning kuchayishi, neft qazib olishni nazorat qiluvchi klanlar o‘rtasidagi kurash, mafiya guruhlarining vujudga kelishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Amerika olimlari hozirgi jahon “ma’rifatli boshqaruvga muhtoj” va bunday rolni ayni AQSH o‘ynashi mumkin, demoqdalar. Ular AQSHning hozirgi jahon iqtisodiyoti va siyosatidagi o‘rni va roli unga jahonga yo‘lboshchilik qilishni o‘z zimmasiga olish va shu bilan sayyorada tinchlik, xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash imkonini beradi, deb hisoblamoqdalar. Ularning fikricha, AQSHning harbiy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy qudrati jahon rahnamosi roliga to‘la muvofiqdir. Ayni chog‘da boshqa fikrlar ham mavjud. Misol tariqasida Xitoy, Rossiyani, AQSHning G‘arbiy Evropadagi ittifoqchilari bo‘lgan Fransiya va Germaniya va boshqa davlatlarni aytish mumkin.
Bu mamlakatlar yangi dunyo tartiboti va uning negizidagi geosiyosiy munosabatlar kollektiv mas’uliyat va kollektiv aralashuvni taqozo etadi, deb hisoblashadi. SHuning uchun ham xalqaro munosabatlar BMT, uning Xavfsizlik Kengashi doirasida hal etilishi, barcha masalalar yuzasidan ayni shu tashkilotda
umumiy rozilikka erishish lozim. 1950 yillardan shakllangan harbiy muvozanat va kollektiv xavfsizlik sistemasining buzilishini hozirgi jahon sistemasi
geosiyosiy tartibotining sakkizinchi xususiyati, deb hisoblash mumkin. Bir vaqtlar jahonda hukm surgan milliy davlatlar va imperiyalarning harbiy kuchlari muvozanati, qarama-qarshi harbiy bloklar (NATO va Varshava SHartnomasi Tashkiloti) endi o‘z
o‘rnini AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilariga bo‘shatib berdi. Hozirgi vaqtda NATOdagi davlatlar jahonning barcha hududlariga harbiy aralashuv va harbiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga egadir. Hozirgi jahon geosiyosiy voqeligining mohiyatini tashkil etuvchi to‘qqizinchi va eng asosiy xususiyat xalqaro munosabatlar
sistemasi tuzilmasi geosiyosiy konfiguratsiyasi (shakli)ning o‘zgarishi – “ko‘p qutblilikning” barham topishi va markazida AQSH turgan “bir qutblilik”ning yuzaga kelishidan iborat. Agar 1945-1990 yillarda xalqaro munosabatlarda SSSR va AQSH tegishli ravishda boshchilik qilgan sotsialistik va kapitalistik bloklar mamlakatlar, xalqlar, birlashmalarning ijtimoiy tutumini, davlat tuzilmalarining maqsad va
vazifalarini belgilab bergan bo‘lsa, endilikda yangi dunyo tartibotida bu nisbat buzildi. Bugungi kunda jahon taraqqiyotiga, davlatlararo munosabatlarga, davlatlarning mavjud va istalayotgan voqeligi, maqsadlari va vazifalariga, “inson –
jamiyat – davlat” munosabatlariga AQSH timsolida bir qutbli yondashuv ochiqdan-ochiq namoyish etilmoqda. SHunday qilib, XX asrda jahonning geosiyosiy taraqqiyoti va xalqaro siyosatga “ko‘p qutblilik” negizida ta’sir ko‘rsatishga asoslangan xalqaro munosabatlar sistemasi hozirgi bosqichda yangi dunyo tartibotiga o‘rin bo‘shatib berdi. AQSH va uning ittifoqchilari 1991 yildan boshlab, yangi geosiyosiy sharoitda sayyoraning muhim geostrategik makonlari va boshqa zahiralari ustidan nazorat qilishning yanada mukammalroq shakl va vositalarini joriy etishga kirishdilar.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin