Kelishildi:
Farmatsevtik fanlar
kafedrasi mudiri v.v.b. M.A. Turg’unov
Kelishildi:
O’quv bo’limi boshlig’i: Q.M. Yusupov.
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni
Hozirgi kunda dori vositalarini sifatini ta’minlash fani muxim axamiyatga ega bo‘lib, bunga sabab dori vositalarining sifatiga qo‘yilayotgan talabning ortib borishidir. Ya’ni sifat olingan oxirgi mahsulotda emas balki uning xom ashyodan boshlab to bemorga etib borgunigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Fanni o‘rganish davomida - GMP, GLP, GCP, ISO, ICH standartlari va PIC/C ko‘rsatmalariga e’tibor qaratiladi. Fanni o‘rganish natijasida kerakli bilim va amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lgan farmatsevt, MX talablari asosida dori vositasini sifatiga baho bera olish malakasini egallashdan tashqari dori vositalarini ro‘yxatga olish, ulami olishda foydalanilayotgan xom ashyo, texnologik jarayondagi oraliq mahsulotlar, jixozlar, binolar, saqlash sharoitlari, tashilishi sifatini baholash, dori vositasini olinish jarayonida xavfsizlikni ta’- minlash, xar bir jarayon uchun standart operatsion tadbir rejalarini, texnologik reglamentlarni tuzish, ro'yxatdan o'tkazish masalalarini ham hal eta oladi. Dori vositalarining sifatini ta’minlashlashda qo’llaniladigan zamonaviy usullar. Ularning nazariy asoslari va amaliy qo’llanilishi, qo’llanilaniladigan kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarini tanlashni o’rganish va amaliyotga tatbiq etish uchun bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish kabi omillarni bilish muhim ahamiyatga ega. Dasturda farmatsiya yo‘nalishi talabalarining dori vositalarini standartlash va sertifikatsiyalashtirish sohasida ishlab chiqiladigan me’yoriy hujjatlar, ulami tuzish, qayd qilish hamda O'zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan va ishlab chiqariladigan dori vositalariga va tibbiyot texnika vositalariga standartlash va sertifikatsiyalashtirish tizimi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan muammolarni hal etish masalalariga e’tibor qaratib, talabalarda ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Ushbu dastur ana shu fanning nazariy va amaliy tamoillarini qamrab olgan.
Dostları ilə paylaş: |