Sut bezlari kasalliklari radiologiyasi
Sut bezlari funksional anatomiyasi yoshga nisbatan. Sut bezi saratoni rivojlanishi omillari. Radiologik tekshirish usullari: umumiy va mo‘ljalli tasvirlar (mammogrammalar), kompressiyali tasvirlar, kisto- va pnevmokistografiya, galaktoforografiya (duktografiya), sonografiya, dopplerografiya, KT, MRT. Radiologik usullar nazoratida punksion biopsiya, patologik tuzilmalar lokalizatsiyasi aniqlash uchun punksiya va operatsiya oldi stereotaktik muolajalar. Sut bezlari rivojlanish anomaliyalari. Sut bezlari jarohati va yot tanalari radiologik tashxisi. Yogli nekroz. Sut bezlari yallig‘lanish kasallilkari (mastitlar, abssess, tuberkulez, aktinomikoz). Oddiy katta kistalar, adenomalar, fibroadenomalar, gigant fibroadenomalar, angiolipomalar. Ko‘krak bezi infarkti. Sut bezi chandiklanishi. Sut bezidagi oxaklanishlar differensial tashxisi. Xavfli o‘smalar radiologik tashxisi (atipik duktal giperplaziya, noinfiltratsiyalashtiruvchi va infiltriatsiyalashtiruvchi in situ saratoni, intraduktal karsinoma, bo‘lakchali rak, mag‘izsimon saraton, Pedjeta kasalligi, noepitelial o‘smalar, ko‘krak beziga rak metastazlari. Sut yo‘llari shikastlanishi nurli semiotikasi. Nur va ximioterapiyadagi sut bezidagi o‘zgarishlar. Sut bezidagi operatsiyadan so‘nggi o‘zgarishlar. Erkaklar ko‘krak bezi kasalliklari nurli tashxisi.
Dostları ilə paylaş: |