DASTURNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Sinov dasturining maqsadi odam organizmi organ va to‘qimalarining embrional rivojlanishi, makro-, mikroskopik va submikroskopik tuzilishini, xujayralar sito- va gistofiziologiyasining asosiy konuniyatlarini, organizm fiziologik tizimlarining faoliyat ko‘rsatish qoidalari, shuningdek odam organizmidagi patologik jarayonlar, kasalliklarning rivojlanish sabablari, tashqi muhit sharoitlarining tutgan o‘rni, rivojlanish mexanizmlari, kechishi, oqibati va rivojlanish davrida turli a’zolar va tizimlardagi funksional o‘zgarishlarni o‘rganishdan va funksional tekshiruv natijalarini interpretatsiya qilishdan iborat. Dasturning vazifasi talabalarda tibbiy-biologik fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Dostları ilə paylaş: |