Asosiy qism
Endokrinologiya fanini o‘qitishdan maqsad - Sog‘liqni Saqlash tizimining barcha bo‘g‘inida endokrin tizimidagi patologik jarayonni tashxislashda, davolashda, yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsata oladigan hamda doimiy davolash va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishni o‘rgatishdir.
Endokrinologiya bo‘yicha magistraturada o‘qitishning asosiy maqsadi zamonaviy endokrinologiya amaliyotida sertifikatsiya va litsenziyalash talablariga javob beruvchi hamda yetarli darajada bilim, amaliy ko‘nikmalar bilan qurollangan yuqori malakali mutaxassis endokrinologlarni tayyorlashdir:
-endokrin tizimini fiziologik va patologik holatlarini tashhislash, davolash, asoratlangan asoratlangan xollarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini to‘liq egallagan, yukori malakali endokrinolog mutaxassisi sifatida mustaqil amaliy faoliyat ko‘rsatishni;
-O‘zR SSV tizimida endokrinologiya yo‘nalishga mo‘ljallangan turli bo‘limlari, shu bilan birga, viloyat, tuman endokrinologiya markazlarini, shahar endokrin komplekslarini ma’muriy boshqarish, Davlat ilm-fan va ta’lim qo‘mitalarida ishlashni;
-tibbiyot oliy o‘quv yurtlari kafedralarida pedagogik faoliyat ko‘rsatishni;
-mutaxassis shifokorlar bilan hamkorlikda endokrin tizimi patologik holatlarini tashhislash, davolash va oldini olishning yangi texnologiyalari bo‘yicha tematik sikllar, uslubiy seminarlar va maslahatlarni tayyorlash va o‘tkazish, audit o‘tkazishni;
-endokrin kasalligi bor bemorlarga ambulator va statsionar sharoitida kerakli va adekvat davolash va tashhislash muolajalarini amalga oshirishni;
-endokrin tizimi patologik holatlarini tashhislash, davolash va profilaktikasi bo‘yicha yangi texnologiyalarni qidirish va ishlab chiqish, olingan natijalar va tekshiruvlar natijalarini tahlil etish, jamlash va amaliyotda qo‘llashga erishishni;
-endokrin tizimi kasalliklarni kelib chiqish xavf omillari bo‘yicha tekshiruvlarni, shu bilan bir qatorda ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |