Travmatologik va ortopedik bemorlarni tekshirish usullari. Qo‘l jarohatlari.
Travmatologik bemorlarni tekshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘lchash, deformatsiyalarni aniqlash, yelka kamari va qo‘l biomexanikasi, anatomo – fiziologiyasi, yelka kamari va qo‘l chiqish va sinishlari, pay va boylam apparati jarohatlari, muskul va periferik nerv tolalari jarohatlari mexanogenezi, tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari, chiqishlarni to‘g‘rilash, suyak bo‘laklarini repozitsiya qilish, yelka kamari va qo‘l sinishlarida tana tortimi sistemasini o‘rnatish, gipsli bog‘lam qo‘yish, boylamlarga choklar qo‘yish, siniq va chiqishlarda operativ davo metodlari, operatsiyadan keyingi bemorlarni olib borish va reabilitatsiyasi.
Chiqish va sinishlarning tasnifi, diagnostikasi, qo‘l uzunligini o‘lchash, absolyut va nisbiy kaltalik, kaltalik turlari, chiqish va sinishlar belgilari. Chiqish va sinishlar rentgenodiagnostikasi, KT, elektrofiziologik tekshiruv usullari. Jarohat og‘irligini baholash mezonlari. Bolalardagi jarohatning o‘ziga xosligi. Bolalarda tayanch harakat tizimidagi anatomiya va rentgenanatomiya, siniqlar mexanogenezi, klinika, diagnostika, davolash usullari, tirsak bo‘g‘imi jarohatlarida diagnostika va davolash, asoratlari profilaktikasi, operativ va konservativ davoga ko‘rsatmalar, repozitsiya, tana tortimi sistemasini o‘rnatish, gipsli bog‘lam qo‘yish, osteosintezning asosiy turlari.