Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»


Bosh, bo‘yin, markaziy nerv tizimi va umurtqa kasalliklari radiologiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə227/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

Bosh, bo‘yin, markaziy nerv tizimi va umurtqa kasalliklari radiologiyasi

Kalla suyaklari va bosh miyani tekshirish usullari va normal anatomiyasi. Bosh miya tug‘ma kasalliklari: epilepsiya, gidrotsefaliya, Kiari anomaliyasi, bosh miya o‘rta strukturlari anomaliyalari. Qon tomir bilan bog‘liq kasalliklar: ishemik infarktlar, miya ichki gematomalari, anomaliyalar va qon tomir o‘smalari. Miya jarohati, miya kontuziyasi, subdural, ekstradural gematomalar. Bosh miya o‘smalari. Supra- va subtentorial miya tashqari o‘smalari: meningioma, nevrinoma, dermoid va epidermoid, lipoma, xordoma. Supratentorial miya ichki o‘smalari: glioma, astrotsitoma, glioblastoma, olidendroglioma. Miya ichki subtentorial o‘smalari: astrotsitoma, cho‘zinchok miya va ko‘prik gliomasi, medulloblastoma, ependimoma, gemangioblastoma. Bosh miya bakterial infeksiyalari: abssesslar, meningitlar, empiema. Demielinizatsiyalashtiruvchi kasalliklar: bosh va orqa miya tarqalgan sklerozi. Orbita kasalliklari va travmasi. Turk egarcha soxasi patologiyasi. Gipofiz adenoma va mikroadenomasi, kraniofaringioma, suprasellyar meningioma. “Bush” turk egarchasi sindromi. Ko‘rish nervi va gipotalamus gliomasi, anevrizmalar, metastazlar. Chakka suyagi, anatomiya, radiologik tekshirish usullari. Chakka suyagi yallig‘lanish kasalliklari, o‘tkir va surunkali o‘rta otitlar. Xolesteatoma. Chakka soxasi o‘smalari – yuz va quloq nervlari shvannomalari, glomus va xavfli o‘smalar. Burun, burunning yondosh bo‘shliqlari va yuz skeleti nurli anatomiyasi va radiologik tekshirish usullari. O‘tkir va surunkali sinusitlar, retension shilliq kistalar, mukotsele, burun poliplari, xavfli o‘smalar. Burun va yuz soxasi sinishlari. Burun va og‘iz xalqumi radiologik tekshirish usullari va anatomiyasi. Burun va og‘iz xalqumi xavfsiz va xavfli o‘smalari. So‘lak bezlarini radiologik tekshirish usullari va nurli anatomiyasi. Silolitiaz, infeksiyalar, sistemik kasalliklar va so‘lak bezlari o‘smalari. Xiqildoq radiologik tekshrishi usullari va nurli anatomiyasi. Xiqildoq xavfsiz va xavfli o‘smalari. Bo‘yin soxasi radiologik tekshirish usullari va anatomiyasi. Branxiogen kistalar, kistoz gigroma, bo‘yin limfotugunlari kattalashishi sindromi, Xalqum atrofi soxa o‘smalari. Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi radiologik tekshirish usullari va anatomiyasi. Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi xavfsiz va xavfli o‘smalari. Odontologiyada radiologik tekshirish usullari. Normal nurli anatomiya yoshga nisbatan. Tish va tish atrofi to‘qimalari yallig‘lanish kasalliklari - karies, pulpit, osteomielit, periodontitlar. Yuz-jag‘ soxasi kistoz tuzilmalari – radikulyar va follikulyar kistalar, keratokistalar, noodontogen kistalar. Jag‘larning xavfsiz o‘smalari - odontoma, ameloblastoma, fibroz-suyakli o‘smalar, gemangiomalar. Jag‘larning xavfli o‘smalari - skvamoz va mukoepidermoid karsinoma, osteogen sarkoma limfoma va mieloma. Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imi nurli anatomiyasi va patologiyasi. Umurtqa radiologik tekshirish usullari va normal nurli anatomiyasi. Umurtqa travmatik shikastlanishi – umurtqa sinishlar va chiqishlari, miya ezilishi, gematomalar. Umurtqa degenerativ o‘zgarishlari – disk churrasi, umurtka kanali stenozi. Umurtka yallig‘lanish kasalliklari – yiringli va tuberkulez spondilit, ankilozlashtiruvchi spondilit. Umurtqa intramedullyar o‘smalari - astrotsitoma, ependimoma. Intradural ekstramedullyar o‘smalar - nevrinoma, meningioma. Siringomieliya. Umurtqa tug‘ma anomaliyalari – umurtqa ochiq kemtigi, mielotsele va mielomeningotsele, lipoma, umurtqa arteriovenoz malformatsiyasi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin