Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»


Fan bloklari bo‘yicha o‘quv materiallarining qisqacha mazmuni



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə23/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

Fan bloklari bo‘yicha o‘quv materiallarining qisqacha mazmuni
Kardiologiya

Yurak funksional anatomiyasi – joylashishi, pardalari strukturasi, qisqaruvchanlik funksiyasi, o‘tkazuvchanlik, avtomatizm, qo‘zg‘aluvchanlik.

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari simptomatologiyasi – shikoyatlari, kasallik anamnezi, bemorning xayot anamnezida o‘ziga xos belgilar. Kardiologik bemorlarni fizikal tekshirish usullari: ko‘ruv, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya.

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari laborator-instrumental diagnostika usullari. Klinik: qon, peshob, najas, perikard suyukligi umumiy analizlari. Bioximik: fermentlar, elektrolitlar, cho‘kma sinamalari, o‘tkir fazali sinamalar. Radioimmun, immunoferment, spektrometrik, immunologik, bakteriologik va boshqalar.

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari funksional diagnostika usullari, jumladan ultratovush usullari: exokardigrafiya – bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli, doplerexokardigrafiya. Funksional sinamalar bilan EKG. Bemornining xar xil nuqtalari va holatlaridan FKG.

Kardiologik bemorlarni rentgen-radiologik tekshirish usullari: ko‘krak qafasi rentge­nogrammasi – yurak-qon tomir soyasidagi yoylarining xolati, kontrast tekshirish usullari.

Gipertoniya kasalligi – etiologik tahdid omillari, zamonaviy patogenezi. Klinika – sindromal asosda, ularning paydo bo‘lish mexanizmi, asoratlari va ularni bartaraf qilish yo‘llari. Zamonaviy davosi. Profilaktikasi va uni amalga oshirish yo‘llari.

Simptomatik arterial gipertenziya: tasnifi. Zamonaviy tekshirish usullarini qo‘llashga asoslangan diagnostik mezonlari. Zamonaviy davolash prinsiplari. Ateroskleroz: ateroskleroz tarkalganligi. Taxdid omillari, patogenezining zamonaviy asoslari, klassifikatsiya, joylashishiga qarab klinikasi, zamonaviy diagnostika usullari, davolash va profilaktikasi.

YuIK, stenokardiya: taxdid omillari, patogenezi, klassifikatsiyasi, xar xil variantlari klinikasi, asoratlari, zamonaviy diagnostika usullari, davolash va profilaktikasi. YuIK: O‘tkir miokard infarkti, epidemiologiyasi, patogenezi, klinik variantlari, asoratlari, zamonaviy diagnostika usullari, davolash va profilaktikasi. O‘tkir koranar sindrom tushunchasi.

Miokarditlar, epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klassifi­katsiyasi, klinikasi, zamonaviy diagnostika usullari va davolash.

Kardiomiopatiya, epidemiologiyasi, etiologiyasi, klassifikatsiyasi, patogenezi, shakliga qarab klinikasi zamonaviy diagnostika usullari va davolash.

Miokardiodistrofiya, etiologik omillar, patogenezi, kli­niko-laborator va instrumental diagnostik mezonlari.

Aritmiyalar: sababi va paydo bo‘lish mexanizmi, klassifikatsiyasi, EKG mezonlari, funksional va dorilar yordamida diagnostika usullari, davolashning zamonaviy usullari.

Blokadalar: sababi va paydo bo‘lish mexanizmi, klassifikatsiyasi, EKG mezonalri, funksional va dorilar yordamida diagnostika usullari, davolashning zamonaviy usullari. Murakkab ritm buzilishi: sababi va paydo bo‘lish mexanizmi, klassifikatsiyasi, EKG mezonalri, funksional va dorilar yordamida diagnostika usullari, davolashning zamonaviy usullari.

Infeksion endokardit: epidemiologiyasi, zamonaviy kechishining o‘ziga xosligi, patogenezi, klinik sindromlari va ularning paydo bo‘lish mexanizmi, zamonaviy diagnostika va davolash usullari.

Yurakning orttirilgan illatlari: mitral, aortal, trikus­pidal, o‘pka arteriyasi klapanlari – ularning qo‘shilib va kombinatsiyada kelishi. Zamonaviy etapda epidemiologiyasi. Etiologiyasi, klassifikatsiyasi, gemo­dinamikasi, kliniko-instrumental simptomatika, asoratlari, zamonaviy davolash usullari. Yurak tug‘ma illatlari – yurak to‘siqlarining bitmaganligi, chiquvchi tomirlar stenozi, kattalarda Fallo tetradasi, epidemiologiyasi, klassifikatsiyasi, gemodinamikasi, klinik mezonlari, zamonaviy diagnostika usullari va davolash prinsiplari.

Perikarditlar: zamonaviy darajada etiologiyasi va patogenezi, klassifi­katsiyasi, klinik ko‘rinishlari mexanizmlari, zamonaviy diagnostika va davolash usullari.

Qon aylanish yetishmovchiligi: o‘tkir va srunkali, patogenezi, zamonaviy tasnifi, klinik ko‘rinishi, diagnostika usullari, zamonaviy davolash usullari, jumladan shoshilinch yordam kursatish.

O‘pka yurak – o‘tkir, o‘tkir osti, surunkali: etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va diagnostikasi, zamonaviy davolash. Neyrosirkulyator distoniya. Epidemiologiyasi, etiologik omillari, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik sindromlari, diagnostika usullari, zamonaviy davolash usullari.




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin