4
SO’Z BOSHI
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida va o‘quv faniga muvofiq o‘zining ilk qadamini
qo‘ymoqda. Ijtimoiy pedagog yaqin o‘n yillik tibbiyot xodimi yoki o‘qituvchi sifatida eng
ommaviy kasblardan biriga aylanadi.
Jahonning boshqa mamlakatlari kabi O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy pedagog juda
qadimiy va chuqur an’analarga ega bo‘lib, hozirgi kunda esa maxsus fan sohasi sifatida ijtimoiy
pedagogika ayrim qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu qiyinchiliklar qatorida ba’zi bir
an’analarning, urf-odatlar, mehr-oqibat, hayriya ishlarining sobiq Ittifoq davrida yo‘qolib
borishi, “Hamma umumiy manfaat uchun” harakat qilib alohida insonga bo‘lgan munosabatning
susayishini aytib o‘tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogika fani bo‘yicha mazkur o’quv-uslubiy majmua mamlakatimizda ta’lim
va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati tamoyillari asosida, O‘zbekiston Respublikasi
“Ta’lim standart”lariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu maruza matni ijtimoiy pedagogikani fan sifatida va bugungi amaliyot
ehtiyojlarining rivojlanishi zamonaviy darajasida bayon etilgan hamda talabada ijtimoiy
pedagogika haqida gumanitar bilimlar, uning ob’ekti, tadqiqot predmeti va asosiy mezonlari to‘g‘risida
nazariy tasavvurni shakllantirish, bolalarni ijtimoiylashtirishning omillari va qonuniyatlari, ijtimoiy
pedagogik faoliyatning xususiyatlari va uning yo‘naltirishlarini ochib berish, ijtimoiy pedagogik
faolliyatning asosiy metod va shakllarini egallash haqida yaxlit tasavvurni shakllantirish masalasi
yoritilgan. Ayniqsa bolaning jamiyatga moslashuvi ko’rib chiqiladi.