Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 459 Kb.
səhifə4/25
tarix10.01.2023
ölçüsü459 Kb.
#78866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
401-27

Sport trenerlari Jismoniy tarbiya instituti Bakalavr yoki Sport Kollejlari Sport trenerlari mutaxassisliklariga ega bo‘lgan kadrlar Olimpiya zahiralari Sport Kollejlari, Bolalar va o‘smirlar Sport maktablari, Oliy mahorat Sport maktablari, Ishlab chiqarish korxonalari, Qishloq xo‘jaligi uyushmalari va Aholiga xizmat qilish muassasalarida Sport tadbirlari, musobaqalar va bayramlar, Umumiy jismoniy tayyorgarlik va sog‘lomlashtirish, Sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini olib boradilar.
Sport yo‘riqchilari O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitalarida Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish vazifalarini bajaradi. Sport inshoatlarining yaroqliligi, gigienik, texnik va tibbiy holatini nazorat qiladi, Sport jihozlaridan foydalanish tartiblarini boshqaradi.
Jismoniy tarbiya nazariy asoslari: Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari: jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya tizimi, jismoniy kamolot va jismoniy madaniyat. Shu tushunchalar orqali jismoniy tarbiya nazariyasining mohiyati va asosiy qonuniyatlari organiladi. Ular doimo ozgarib kengayib va chuqur mazmun aks ettirib keladi.

Jismoniy rivojlanish - tarbiyaning ta’sirida organizmda biologik shakllar va funksiyalarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon organizm va uning yashash muhiti tuzilishi, o‘zgarishi hamda miqdor va sifat o‘zgarishlar qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida jismoniy xususiyatlar ishlab chiqarish, madaniyat fan va sport sohasida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini yaratdi. Nasldan naslga o‘tadigan tabiiy hayotiy kuchlar va organizmlarning tuzilishi, inson jismoniy rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Lekin jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, uning harakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat turmush sharoitlari va tarbiyaga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish-jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin