To„sinlarning planida ba‟zi tugun va detallarni olib chiqish to„siqlar markasi, to„sin va tayanchlar, ularning qadami, to„sin o„qlari orasidagi masofaning kesimi, devor o„qlari va to„sin o„qlari orasidagi masofa va boshqa konstruksiyalar haqida ma‟lumotlar beriladi. Temir – betondan bo„lgan bostirmaning planida tashqi va ichki devorlar, hamma kanallar, uyiqlar, tuynuklar ko„rsatiladi. Bostirma planida ba‟zi tugun va detallarning chizmalari olib chiqib ko„rsatiladi. Ulardan tayanch markalari, panellar, panel bilan devor orasidagi o„lchamlar va panellarning ostki belgilari ko„rsatiladi.
46-rasmning (a,b)da dumoloq bo„shlikli PE markali bostirma paneli, panel detallarining devorga tayanishi ko„rsatilgan. 1 – sement korishmasi. 2 – beton, 3 – armatura, MS – po„lat ankerlar;
a)
b)
46-rasm
7. TOMNING PLANI
Binoning murakkab yoki sodda formadaligiga qaramay, agar ular ichki tarnovli bo„lsa, u xolda albatta tomning plani chiziladi. Agar bino tashqi tarnovli bo„lsa, formasi murakkab bo„lsagina tomning plani chiziladi. Tomlar tekis va nishab bo„lishi mumkin. Tekis tomlar 2,5 % qiyalikda bo„ladi. Tomning nishablari o„zaro kesishib ikki yoqli burchaklar xosil qiladi va bular qirra deb ataladi. Yuqoridagi gorizontal qirra tepadagi qirra deb ataladi. Bitta binoda tom bir xil qiyalikda bo„ladi. Qiyalik
48-rasmda tom planini geometrik chizmasini chizish ko„rsatilgan. Tom planini qurish uchun bino plani bir nechta to„g„ri to„rtburchaklarga bo„linadi. Bu to„rtburchaklar bir birini yopishi kerak va ular plan konturidan tashqariga chiqib
Dostları ilə paylaş: |