G‘oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga
qarab, sinfiy g‘oya, milliy g‘oya, umumxalq g‘oyasi, umuminsoniy g‘oyalar
ham mavjud bo‘lishi mumkin. Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum
bir tarixiy sharoitda ezgu harakatga undaydigan g‘oya mazmunan
umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya
jamiyat va inson manfaatlariga zid, tajovvuzkor bo‘lishi ham mumkin.
Ezgu g‘oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy
xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni
xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari etaklaydigan
fikrlardir.
Dostları ilə paylaş: |