(arabcha «mafkura» nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) degan ma’noni
13
anglatadi. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir
qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar
tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy
qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida
jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy
qarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Demak, mafkura -
muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning
ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy rivojlanish prinsiplarini
ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda
manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli
o‘z ifodasini topadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning millat va
davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi. O‘z oldiga
qo‘ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo‘llar bilan
erishmoqchi bo‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va
jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi
1
.«G‘oya» va «mafkura»
tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak. Nima
sababdan?Birinchidan, mafkura g‘oyaga nisabatan mazmunan kengroq
tushunchadir.Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish
yoki o‘zgartirishga qaratilganlik, ya’ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy
tarkibda mavjud bo‘lishini va mafkuraning o‘zagini tashkil etishini ta’kidlash,
joiz.Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g‘oya faqat ma’lum bir mafkuraviy
qarashlar doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik salohiyatini,
jozibadorlik kuchini namoyon qila olishi mumkin.
O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi jamiyatni jipslashtirishga, buyuk
kelajak yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik
jamiyatida har bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar
etadi. Prezident Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta’rif bergan:
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga
asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning
dunyodagi o‘rnini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va
ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat
1
қаранг: Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Тошкент. «Янги аср авлоди».
2001. 31-б.
14
mafkurasi deb bilaman»
2
Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni- xalq,
millatni- millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq- ravshan charog‘on
etadigan mayoqdir.Insoniyat tarixida turli shakldagi juda ko‘plab mafkuralar
yaratilgan, xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar, o‘z g‘oyalari va ta’limotlari orqali,
maqsad va niyatlariga etishmoq uchun intilgan. Mafkuralar mohiyatiga ko‘ra,
falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Turli-tuman
ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga,
diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanishi, ulardan nazariy asos sifatida
foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: