Andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 54,15 Kb.
səhifə5/10
tarix23.06.2023
ölçüsü54,15 Kb.
#134536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ASAKA TUMANI

Transporti
Temir yoʻl transporti viloyatda asosiy transport turlaridan biri. Uning uz. 2459 km (2000). Viloyatda dastlabki temir yoʻl 19-asr oxirlarida qurilib, keyinchalik undan tarmoqlar davom ettirilgan. Urushdan oldin Asaka — Shahrixon (1931), Uchqoʻrgʻon — Toshkoʻmir (1935) va boshqa temir yoʻllar qurildi. Barcha avtomobil yoʻllarining 6,2 ming km qismi qattiq qoplamali (2000). Havo yoʻllari Andijon shahrini ToshkentMoskvaSankt-Peterburg va boshqa shaharlar, shuningdek KavkazQrim bilan bogʻlaydi. Andijon shahri koʻchalarida, shuningdek Andijon shahridan Kuyganyor shaharchasiga ilgari trolleybus qatnagan. Hozirda jamoat transporti sifatida zamonaviy avtobuslar va boshqa yoʻnalishli marshrutlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Andijon Viloyati sanoati
2019-2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, quyidagilar 2019-2022 yillarda Andijon viloyatida ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • qurilish materiallari, tabiiy gaz, suyuq holdagi uglevodorodlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, paxta, ipak, sut, go‘sht, charm, baliq, meva-sabzavotlar, dorivor o‘simliklar va shu kabi boshqa xomashyo bazasini rivojlantirish;

  • respublikaning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyaga ega vertikal va gorizontal integratsiyalashgan ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;

  • foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va quvvatlari, shu jumladan, faoliyati to‘xtagan tashkilotlar negizida mavjud imkoniyatlarni maqbullashtirish hisobiga hamda ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega kichik sanoat zonalari hududida qo‘shilgan qiymatlar zanjirini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish

  • viloyat iqtisodiyotining bitta yoki ikkita tarmoq mahsuloti narx kon'yunkturasiga bog‘liqligini kamaytirishga, hudud sanoati va urbanizatsiya jarayonining muvozanatli rivojlanishiga qaratilgan ishlab chiqarishnnng tarmoq va hududiy diversifikatsiyasini ta'minlash;

  • hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va importga bog‘liqligini kamaytirishga qaratilgan keng turdagi tayyor raqobatbardosh mashinasozlik, elektrotexnika mahsulotlari va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni ustuvor qo‘llab-quvvatlash.

Yuqoridagi ustuvor yo‘nalishlar asosida sanoat ishlab chiqarishi hajmini 1,6 barobar va eksport hajmini 1,9 barobarga oshirish hamda 41 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan Andijon viloyatining 2019-2022 yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirnsh dasturi ma'qullandi.
2019-2022 yillarda umumiy qiymati 14,7 trillion so‘m bo‘lgan va 1,1 miliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan sanoat loyihalariniig ro‘yxati, Andijon viloyatida sanoatni rivojlantirishning maqsadli parametrlari, loyiha qiymati, moliyaviy manbalari hamda hamkorlari aniqlanib, amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli yirik loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda:

  • Xonobod shahridagi sobiq “Suv qurilish jihozlari” MChJga tegishli bo‘lgan umumiy maydoni 45,5 gektar foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida kooperatsiya usulida yuqori texnologik ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasini tashkil qilish;

  • “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda Qorasuv shahridagi sobiq paypoq ishlab chiqarish fabrikasining xududida paypoq va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasini tashkil etish;

  • Andijon viloyati tumanlari hokimliklari bilan birgalikda tashqi infratuzilma obektlariga ulangan, faoliyat ko‘rsatmayotgan va samarasiz ishlatilayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Andijon viloyati hokimligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-2022 yil hosilidan kechikmasdan paxtani klaster usulida chuqur qayta ishlash orqali ishlab chiqarishni tashkil etish tizimiga o‘tish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

Yüklə 54,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin