Andijon davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti 5111100 Musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchisi



Yüklə 15,17 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü15,17 Kb.
#130310
Taqriz Durdonaxon


Andijon davlat unversiteti San’atshunoslik fakulteti
5111100 – Musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchisi
Raimova Durdonaxon Yorqinboy qizining “O'quvchilar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishda folklor etnografik ansambllarining tutgan o'rni” mavzusidagi
bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan
bitiruv malakaviy ishiga


TAQRIZ

Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʼtarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, har tomonlama yetuk insonlar boʼlib voyaga yetishini taʼminlash, ularning qobiliyat va isteʼdodi, intellektual salohiyatini roʼyobga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida"gi farmonida taʼlim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, taʼlim tizimini takomillashtirish, oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ilgʼor xorijiy tajribaga mos ravishda taʼlim tizimini yaratish boʼyicha bir qancha oʼzgarishlar qilindi.
Jumladan, mazkur sohadagi xalq ijodi, xususan, og‘zaki ijod namuna, yurtboshimiz tomonidan ta’kidlaganlaridek ajdodlarimiz tafakkuri va dahosini namoyon etuvchi ma’naviy xazina hisoblanadi. Bu xazina boyliklarini yosh avlodning ma’nan kamolot topishi yo‘lida xizmat qildirish soha xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlaganidek: “...Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrabavaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamiyat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir”
Bitiruvchi xulosa qilib aytganida, xalq qo‘shiqlarning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his-tuyg’ularini, kechinmalarini o‘ziga xos badiiy tilde ifodalaydi. O‘quvchilarni qiziqtiradigan, o‘ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi. Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida ishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo‘lib sanaladi. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan. Inson qo‘shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo‘shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go‘zallikni tasavvur etish qiyin. Qo‘shiq zavq ehtiyoji, eng go‘zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir.
Xalq qo‘shiqlari umuminsoniy qadriyatlarini o‘quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi. Shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar o‘quvchilarda milliy kuy-qo‘shiqlarga ihlos uyg’otadi, musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o‘stirib, musiqiy o‘quvi va didini o‘stiradi, talabalarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo‘shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi, alla, lapar, terma qo‘shiqlar vositasida o‘quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o‘sib boradi.
Bitiruv malakaviy ishining yutug’i shundan ibortaki, musiqa madaniyati darslarida folklor etnografik ansambllarga o’quvchi yoshlarni jamoa a'zosi bo'lishiga, o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishga va jamiyatga foyda keltirishga yordam beradi degan xulosaga keldim. Aynan shu yondashuv bolalar o'rtasidagi munosabatlarning chegaralarini buzadi va shaxsni shakllantirishdagi xatolarni kamaytiradi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishidа Raimova Durdonaxon Yorqinboy qizining “O'quvchilar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishda folklor etnografik ansambllarining tutgan o'rni” mavzusi mаsаlаlаri shаkllаntirilib, bitiruv malakaviy ishi mаvzusining hоzirgi zаmоn ilm-fаni tаrаqqiyotidаgi dоlzаrbligi vа zаrurаti аsоslаngаn, bitiruv malakaviy ishining mаqsаdi vа vаzifаlаri, оb`еkt vа prеdmеti tаvsiflаngаn, ilmiy yangiligi vа аmаliy nаtijаlаri bаyon qilingаn, оlingаn nаtijаlаrning ilmiy vа аmаliy аhаmiyati yoritilgаn, tаdqiqоt nаtijаlаrini аmаliyotgа jоriy qilish va bitiruv malakaviy ishi tuzilishi bo`yichа mа`lumоtlаr bеrilgаn.
Andijon dаvlаt univеrsitеti 5111100 – Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik darajasini oluvchi Raimova Durdonaxon Yorqinboy qizining “O'quvchilar ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishda folklor etnografik ansambllarining tutgan o'rni” mаvzusidаgi baqalavr dаrаjаsidаgi bitiruv malakaviy ishi ilmiy yozish tаlаblаrigа jаvоb bеrаdi vа u himоyagа tаqdim etilishi mumkin.

Andijon viloyati


Oltinko’l tumani,
№-45 umumta’lim maktab direktori: R.R.O’ktamov
Yüklə 15,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin