Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Ma’naviyat bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbir yuzasidan bayonnoma
Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida 10-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining 30 yilligi munosabti bilan tadbir o’tkazildi. Dastlab O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ko’tarinki kayfiyatda ijro etildi. Keyin boshlovchilar tomonidan madhiyamiz tarixi haqida ma’lumotlar berib o’tildi. So’ngra sahna markaziga institut Yoshlar ishlari va ma’naviy ma’rifat ishlar bo’yicha birinchi prorektor Baxtiyor Hamidovich Tolipov taklif qilindi va tadbirimizni tantanali tarzda ochib berdi. Shundan so’ng talabalar ijrosida madhiyamiz haqida she’rlar va kerakli ma’lumotlar aytildi. Bu ma’lumotlardan talabalarimiz o’zlari uchun kerakli bilimlarga ega bo’ldi. Tadbir davomida Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri A.Hakimov so’zga chiqib, talabalar bilan suhbat o’tkazdi va ular qiziqqan savollarga javob berdi. Tadbir so’ngida institutimizning faol va iqtidorli talabalari rag’batlantirildi.