Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 450,08 Kb.
səhifə2/13
tarix11.05.2023
ölçüsü450,08 Kb.
#111017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
G\'olibjon

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishini yozishdan asosiy maqsad mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish yoʻlida biz oʻz oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

  • Izokvant : tushunchasi, xususiyatlari, qurilishi, iqtisodiy mohiyati.

  • Izakosta chizig’i , uning ta’riflanishi.

  • Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi.

  • Firmaning qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
    davrdagi faoliyati

Kurs ishining obyekti va predmeti: Kurs ishining obyekti sifatida ishlab chiqarish qay tartibda tashkil etilishi va uni mamlakatda qanday o’rin tutishini olgan bo’lsak, predmeti sifatida izakosta va izokvanta chiziqlari tuzilishini oldik.


1.Izokvant : tushunchasi, xususiyatlari, qurilishi, iqtisodiy mohiyati.
Izokvantalar. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz. Faraz qilaylik, mebel ishlab chiqarish sexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma’lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 1.1.1- jadvalda har xil resurslar sarflari kombinatsiyasida maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori keltirilgan.
1.1.1-jadval.
Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori2
1.1.1-jadvalga ko’ra ikki birlik mehnat va bir birlik kapital sarflab 50 birlik stul ishlab chiqarish mumkin, yoki uch birlik mehnat va to’rt birlik kapital sarflansa, 110 dona stul ishlab chiqariladi. Jadvalning har bir qatoridagi ishlab chiqarish hajmlarini qarasak shu narsani kuzatishimiz mumkinki, kapital sarfi o’zgarmaganda, mehnat sarfining oshishi bilan birga umumiy ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda.
Masalan, kapital sarfi 2 ga teng bo’lganda va mehnat sarfi birdan besh birlikgacha o’zgarganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 40 birlikdan 100 birlikgacha o’zgaradi. Xuddi shunday, jadvalning ustunlarini yuqoridan pastga qarab kuzatganimizda ham, mehnat sarfi o’zgarmay, kapital sarfi oshib borishiga ko’ra stul ishlab chiqarish hajmi ham oshib borayotganligini ko’ramiz. 1.1.1- jadvalda keltirilgan mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini grafikda ham tasvirlash mumkin (1.1.1-rasm).




Yüklə 450,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin