Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti


O’zbekistonda turizmni rivojlanish bosqichlari



Yüklə 301,67 Kb.
səhifə4/16
tarix16.05.2023
ölçüsü301,67 Kb.
#114027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Diyorbek Dehqonov kurs ishi

2.O’zbekistonda turizmni rivojlanish bosqichlari

O‘zbekistonda ham turizm sohaning yo‘lga qo‘yish maqsadida muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining farmoni bilan 1992 yil 27 iyulda “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tashkil topishi respublikamizda turizm ishining yangilanish jarayonini boshlab berdi. Farmonda “O‘zbekturizm” MK tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar ro‘yxati tasdiklandi.3


Xalqaro turizm Uzbekistan xalq xo‘jaligining nafaqat eng istiqbolli tarmokdaridan biri, balki yalpi milliy mahsulot hajmi o‘sishining va valyuta tushumlarining asosiy manbai bo‘lishi mumkin. Misol uchun, Jahon turizm tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra har yili qadimiy Samarkand, Buxoro va Xiva shaharlariga faqatgina Evropa mamlakatlaridan tashrif buyurish niyatida yurgan sayyohlar soni 1O millionga etib qolyapti. Hamma ran turizm sohasiga malakali mutaxassislarni tayyorlash, yuqori darajali mehmonxonalar, restoranlar qurib, ularda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga bog‘liq. Bu borada esa o‘tgan qisqa vaqt mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi, deyish mumkin. Bunga poytaxtimizda qad rostlagan “Interkontinental”, “SHeraton”, “Le Meridian” mehmonxonalari yorqin misol.
Mamlakatimizdagi turistik infratuzilmalar yiliga 2 mln. turistlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga ega va undan keladigan umumiy tushum miqdori 7OO mln. so‘mdan ortiqni tashkil qiladi, yalpi milliy mahsulotdagi ulushi – 2,2 foizni, yalpi tushumlarni esa 3,8 foizini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida: “Xorazmning turizm borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yangi yo‘nalishlar tashkil etish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish zarur. Zotan, turizm mamlakat iqtisodini rivojlantirish, ayniqsa, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim sohalardan hisoblanadi”, - deya qayd etdi.


Mamlakatimizning boy tarixiy merosi - turistlarni jalb etuvchi asosiy omillardan biridir. Sayyoramizda esa bu kabi o‘tmish yodgorliklari ko‘p Uzbekiston esa mana shunday boy tarixiy-madaniy merosga, betakror va go‘zal tabiatga ega noyob mamlakatlardan sanaladi. Respublikamiz hududida turli davrlar bilan bog‘liq 4OOO dan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjud. Farg‘ona vodiysi esa mamlakatimizning oppoq qorlar bilan burkangan baland tog‘lar o‘rab turuvchi eng jozibador hududi u erda chang‘i sportini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi barcha tabiiy sharoit muhayyo.
O‘zbekistonda fuqarolarga turizmning quyidagi turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi: madaniy sayr-tanishuv, sport-sayyohlik (chang‘i sporti, velo va avtosayyohlik, qoya oshish, arxeologik, g‘or sayri, tuyalarda sayohat va boshqalar), oilaviy sayyohlik; bolalar marshruti; talabalar marshruta; biznesmenlar uchun marshrut; davolanish-maqsadli marshrut; dam olish marshruti va boshqalar.

Yüklə 301,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin