«Energiya o’lchov asboblari va boshqarish tizimlari» fanining asosiy maqsadi o’lchash nazariyasining umumiy masalalari, o’lchash uslublari, natijalar olish usullari va hozirgi asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida bug’ning texnologik parametrlarini avtomatik nazorat qilish vaboshqarish tizimlarida o’lchov-nazorat asboblarini ishlash prinsiplarini, to’zilishini, ular bilan ishlash, natijalar olish, tahlil qilish yo’llarini o’rganishdan iborat.Yangi texnologik jarayonlarni o’lchash va avtomatik boshqarishni o’rganish, zamonaviy nazorat o’lchov asboblarini issiqlik energetikasiga qo’llash, energetik jarayonlarni avtomatik o’lchash, rostlash va boshqarish, bug’ ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ularni joylashtirish kabilar fanning vazifasiga kiradi.
O’lchash – bu maxsus texnik vositalar yordamida fizik miqdorning qiymathii tajriba yo’li bilan aniqlashdir. O’lchash – o’lchanayotgan miqdorni (masalan, val o’lchamini) birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslashdan iboratdir. (uzunliklarni o’lchash uchun bunday bir li k sifatida metr qabul qilingan). O’lchov birliklari, vositalarini va o’lchash usullarini o’rganadigan fan metrologiya deb ataladi. O’lchov birliklarini umumlashtirish maqsadida ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani tavsiyasiga binoan 1960 yilda birliklarning xalqaro tizimi SI (internatsional tizim) kiritildi. Shu asosda GOST 8.417-81 (ST SEV 1052-78) ishlab chiqildi.
O'lchash - bu umuman har xil kattaliklar to'g'risida informasiya qabul qilish, o'zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo'llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O'lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o'tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo'lmasin).
O'lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o'lchash vositalari yordamida va eksperiment o'tkazishning aniq yo'li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.