Muammoli ta’lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi-talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarni, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Bundan kelib chiqqan holda tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat -muammoli ta’lim texnologiyalarning mohiyati va ularni qo’llash zaruratini o’rganilganligi; - muammoli o’qitish texnologiyalarining o’ziga xos jihatlarini ajratilganligi; - o’quv jarayonida muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini izlanish orqali topilganligi; - Andijon Bank kollejining tashkiliy-pedagogik faoliyati tasnifiga baho berilganligi; - kollej ta’limida muammoli ta’lim texnologiyalarini qo’llash holati tahlilini yoritilganligi; - kollejda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishda interfaol usullardan foydalanish va kollejda mavjud axborot texnologiyalari asosida o’qitish bo’yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilganligidan iborat.