Андижон машинасозлик институти



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə22/24
tarix14.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#69013
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Texnologik mashinalar va jihozlar

Mehnat gigienasi tibbiy soha hisoblanib, ish qobiliyatini yuqori darajada ta’minlash, kasb kasalliklari va insonning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldini olishning ilmiy va amaliy choralarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Nomaqbul ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish usul va vositalarini ko‘rib chiqishda, birinchi navbatda texnik usul va vositalarni yoritish, oxirgi navbatda shaxsiy himoya vositalarini ta’minlash lozim:
Binoda xar bir zararli gaz chiqaruvchi uchastkalar yuqori qismiga so‘rruvchi ventilyatorlar o‘rnatilgan.
Ishlab chiqari xonalari avtomatlashtirilganligi sababli yoritish bilan muammo yo‘q.
Menloyixalayotgan uchastkada shovqin va tebranish beruvchi qurilmalardan foydalanilmaydi.
Uchastkada robotlardan foydalanilganligi sababli detal robotga o‘rnatilganda uskunada 3ta sensor ishlaydi. Bu sensorlar ishchini xatolikda va xavfda ximoyalaydi.
Uskunalarning xavfsiz ishlash shartlari
Eritib payvandlashda o‘zgarmas tokda salt ishlash kuchlanishi 110 V gacha etadigan, o‘zgaruvchan tokda 80 V bo‘lgan, plazma vositasida payvandlash va kesishda 170—200 V bo‘lgan ta’minlash manbalaridan foydalaniladi. SHuning uchun bu manbalar yoy uzilganida ularni ko‘pi bilan 0,5 s mobaynida uzib qo‘yadigan avtomatik qurilmalarga ega bo‘lishi kerak.
Odam tanasi elektr qarshiligi kattaligining o‘zgarib turishini hisobga olib (masalan, quruq terida qarshilik 8000—20 000 Om ni tashkil qiladi, qo‘llar nam bo‘lganida, terida shikastlanishlar bo‘lganida qarshilik 400—1000 Om gacha kamayadi), 12 V dan oshmaydigan kuchlanish (ko‘chma yoritish) xavfsiz hisoblanadi. Agar payvandchi tor xonada ishlasa va metall sirtlari katta yuzaga tegib tursa, elektr toki bilan shikastlanish xavfini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarga amal qilish zarur:
Tok manbalarini va yoyni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan hamma simlarni ishonchli izolyasiyalash, payvandlash apparatlarining korpuslarini erga ulash. Ta’minlash manbalarining, apparat yashiklarining korpuslari, yordamchi elektr jihozlar ham erga ulanishi kerak. Erga ulovchi simlarning kesimi kamida 25 mm2 bo‘lishi zarur. Payvandlash jihozini faqat navbatchi elektr montyori tarmoqqa ulaydi, uzadi va remont qiladi. Payvandchilarga bu ishlarni bajarish man qilinadi.
Ta’minlash manbalarida yuqori kuchlanishli avtomatik vklyuchatellardan foydalanish.
Elektrod tutkichning ishonchli tuzilishi va yaxshi izolyasiyalanishi, u elektrod tutkichning tok elituvchi qismlarining payvandlanayotgan buyumga yoki payvandchi qo‘llariga tasodifan tegib ketmasligini kafolatlaydi. Tuzuk va quruq korjoma va qo‘lqoplar bilan ishlash. Tor bo‘lmalarda va berk bo‘shliqlarda ishlashda albatta rezina kalishlar va gilamchalar, kuchlanishi 6—12 V dan oshmaydigan yoritish manbalaridan foydalanish.
Elektr toki bilan shikastlanishning oldini olish maqsadida, yuqori kuchlanish zanjiriniig klemmalariga va qisuvchi boltlariga tegish avtomatlarning elektrod uzatuvchi va yuritish mexanizmlari elektr dvigatellarining klemmalar o‘rnashgan joy qopqog‘ini olish, apparat yashiklari va transformatorlarning eshikchalarini ochish hamda ularni rostlash va shu kabilar man qilinadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin