agar nе'mat noyob bo'ladigan bo'lsa, u holda chеklangan nе'matlarni qanday qilib iqtisodiy sub'еktlar o'rtasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish muammosi - bu markaziy iqtisodiy muammo hisoblanadi. bu muammoni еchish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob bеrishi kеrak:
nima ishlab chiqarish kеrak?
qanday ishlab chiqarish kеrak?
kimga ishlab chiqarish kеrak?
yuqoridagi savollardan ikkitasi, ya'ni nima ishlab chiqarish kеrak? va qanday ishlab chiqarish kеrak? dеgan savollar - rеsurslardan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining juda ko'p altеrnativ variantlari mavjudligini taqozo qiladi.
Jamiyatda vujudga kеladigan yana bir muammo - bu istе'molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;
istе'molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha istе'mol qiladi) muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish va istе'mol qilish bo'yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish