Andijon viloyati Baliqchi tumani xtmfmt va teb, 6-umumiy ta’lim maktabi Fizika fani o’qituvchisi Madumarav Ahmadjonning fizika fanidan soatlik dars ishlanmasi
Andijon viloyati Baliqchi tumani XTMFMT va TEB, 16-umumiy ta’lim maktabi Fizika fani o’qituvchisi Madumarav Ahmadjonning fizika fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi
2015-2016-o’quv yili Annatatsiya.
Mavzu: o’tkazgichlarni ketma-ket va parelle ulash.
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o’quvchilarda o’tkazgichlar parallel va ketma-ket ulanganda ularda tok kuchi kuchlanishi, qarshilik qanday o’zgarishi haqida ma’lumot bering;
b) tarbiyaviy: vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mehnatsevarlikga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilim samaradorligini oshirish.
Dars tipi: Musobaqa dars.
Dars uslubi: savol-javob, bahs-munozara, musobaqa, fikriy hujum.
Dars jihozi: electron darslik, plakatlar, masalalar to’plami, tarqatma materiallar.
D A R S N I N G B O R I S H I.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism: 2 minut
Uy vazifasini so’rash: 8 minut
Yangi mavzuni bayoni: 15 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash: 18 minut.
Uyga vazifalar berish: 2 minut.
Tashkiliy qism: O’quvchilarning davomatini aniqlash, ularni darsga tayyorganligini, xona tozaligini tekshirib chiqaman.
Bu kunning yangiliklari bilan navbatchi o’z axborotida tanishtirib o’tadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linib olinadi, hamda har bir guruhga tarqatma materiallar tarqatiladi. Har bir guruhga 1,5-2 minut vaqt beriladi.
Masalan: 1-guruhga: Keltirilgan fizik kattaliklarning sherigini toping?
O’quvchi har bir fizik kattalikning sherigini qalam orqali strelkalar yordamida topiladi(sxemada namuna sifatida U va A ning sherigi qanday topilishi ko’rsatilgan).
1.I 1.J
2.U 2.C
3.R 3.F
4.E 4.A
5.Q 5.V
6.C 6.Ω
7.A 7.N/C
II-guruhga: 1-rasmda keltirilgan rasmlardan qaysi biri nato’g’ri.
A soslab bering.
+ - - +
B) D)
III-guruhga.
R esistor
Reossar Vazifasi, tuzulishi, sxemasi, qayerda foydalaniladi.
Patensiometr
Yangi mavzu bayoni. Mavzuni bayon qilishda “fikriy hujum” interfaol metodidan foydalaniladi.
Bunday ulanish ketma-ket ulanganda deyiladi. Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, har bir iste’molchidan o’tayotgan tok kuchlari bir xil bo’lardi.
I1=I2=I3=……….=In Iste’molchilar ketma-ket ulanganda zanjirdagi to’liq kuchlanish har bir iste’molchidagi kuchlanishlarning yig’ndisiga teng bo’ladi.
U=U1+U2+U3+………+Un Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to’liq qarshilik har bir iste’molchi qarshiliklari yig’indisiga teng bo’ladi.
R=R1+R2+R3+…….+Rn
Bunday ulanish parallel ulash deyiladi. Iste’molchilar parallel ulanganda, har bir o’tkazgich uchlari orasidagi uchlanishlar bir xil bo’ladi.
U1=U2=U3=…….=Un Iste’molchilar parallel ulanganda zanjirdagi to’liq tok kuchi xar bir tamoqdagi tok kuchining yig’indisiga teng bo’ladi.
I=I1+I2+I3+……….+In Iste’molchilar parallel ulanganda zanjir to’liq qarshiligiga teskari miqdor har bir iste’molchili qarshiligi teskari miqdorlar yig’indisiga teng:
Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol- javob o’tkaziladi.
2 ta o’tkazgich ketma-ket ulanganda ulardagi tok kuchi qanday o’zgarishini tushuntiring?
N ta o’tkazgich ulanganda-chi?
O’tkazgichlar ketma-ket ulanganda kuchlanishning o’zgarishi qanday bo’ladi?
Qarshiligi-chi?
Ketma-ket ulash qoidalarini keltiring, sxemalar asosida tushuntiring.
O’tkazgichlar parallel ulnganda ulardagi tok kuchi uchlanish va qarshilik qanday bo’lishini tushuntiring.
Parallel ulash sxema asosida I,U,R larning ifodasini keltriring.
Uyga vazifalar berish.
Darslikdagi 20-§ ni o’qish
Darslikdagi 10-masalarni yechish.
Mavzu asosida qisqa testlar tuzib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
8 – sinf Fizika dasrligi. P.Xabibullayev. 2014- yil.
Fizika fanidan labaratoriya ishlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma. A.Ergashev va boshqalar. 2012 – yil. 49 – 53 betlar.
Fizika kursi. M.Ismoilov, P.Xabibullayev. – T. O’zbekiston. 2000 yil. 470 – bet.