Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)



Yüklə 456,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix18.02.2022
ölçüsü456,74 Kb.
#52774
  1   2   3   4   5   6
5 MAVZU TTI



 

 

5-MAVZU. ANGLIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI 



(XX ASR).  

Mavzuning o’quv maqsadi: 

Sanoat rivojlanishi xususiyatlari, monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish, tashqi 

iqtisodiy aloqalar. 

 

Tayanch iboralar: "yangi" tarmoqlar, korporatsi- yalar, moliyaviy kapital, aralash 

davlat-kapitalistik  kompaniyalari,  "Umumiy  bozor",  "sterlingga  oid  blok",  "Yagona 

Yevropa". 

Asosiy savollar

 

13.1. 

Sanoat rivojlanishi xususiyatlari. 

13.2. 

Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish 



13.3. 

Tashqi iqtisodiy aloqalar 

Sanoat rivojlanishi xususiyatlari. 

Birinchi jahon urushi natijasida Angliya g'oliblar qatorida bo'lganligi sababli yutuq bilan 

chiqqan bo'lishi kerak edi. Uning asosiy dushmani hisoblangan Germaniya mag'lub bo'lib, Angli- 

yaga  Germaniya  mustamlakalarining  bir  qismi  o'tdi.  Lekin  urush  ingliz  iqtisodiyoti  holatini 

yomonlashtirdi. Urush davrida Angliya o'z savdo flotining yarmini yo'qotdi. Mustamlakalar bilan 

aloqalar  susaydi  -  Angliya  va  mustamlakalar  o'rtasida  ummonlar  bo'lib,  ularda  nemis  suvosti 

kemalari navbatchilik qilardi. Angliyaning Qo'shma Shtatlarga bo'lgan qarzi shu daraja katta ediki, 

uni qo- plash uchun har yili davlat budjetining 40% sarflanar edi. 

Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish 

Birinchi  jahon  urushiga  qadar  Angliya  boshqa  mamlakatlardan  ishlab  chiqarishning 

konsentratsiyalashuvi  va  monopoliyalarni  tashkil  etilishi  borasida  orqada  edi.  Ammo  urush 

davrida,  daro-  madli  davlat  buyurtmalarini  eng  yirik  firmalar  olayotgan  sharoit-  da,  hamda 

urushlar  oralig'idagi  inqirozli  va  depressiyali  yillarda,  mayda  va  kuchsiz  firmalar  to'xtovsiz 

xonavayron bo'layotgan vaqtda, Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayoni muvaf- faqiyatli 

yakunlandi.  80-yy.  boshlarida  jahonning  5  yirik  monopo-  liyalaridan  3  tasi  amerikaniki,  2  tasi 

angliyaniki edi: "Royyal Datch Shell" va "British Petroleum" (ikkalasi neft monopoliyalari). GFR 

va Yaponiyaning hech qaysi monopoliyalari birinchi beshlikka kir- magandi. 


Yüklə 456,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin