Angren shahar 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023-yil 29-avgust kuni o‘tkazilgan 1-sonli pedagogik kengash bayonnomasidan ko‘chirma rais: Normatov B. O. Kotiba: Kadirova B. T. Qatnashdi: 23 Kun tartibi



Yüklə 74,75 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü74,75 Kb.
#207613
  1   2   3   4   5   6
23-maktab Ped kengash AVGUST 2023 y


ANGREN SHAHAR 23-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA 2023-yil 29-AVGUST KUNI O‘TKAZILGAN 1-SONLI PEDAGOGIK KENGASH BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA


Rais: Normatov B.O.
Kotiba: Kadirova B.T.
Qatnashdi: 23
Kun tartibi:
1.2022-2023-o‘quv yilidagi ta’lim tarbiyaviy ishlarning tahlili va yangi o‘quv yiliga qo‘yilgan vazifalar. Maktabning yangi 2023-2024-o‘quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash,
2.Angren shahar Xalq ta’limi boʻlimi tasarrufidagi ta’lim muassasalari pedagoglari va makatb ma’muriyati uchun oʻtkazilgan an’anaviy “Ustozlar forumi”da yangi oʻquv yili uchun belgilangan vazifalar va yangiliklar haqida.
3. Dars taqsimoti, metod birlashma rahbarlari, to‘garak va sinf rahbarlari hamda ichki monitoring guruhini tayinlash toʻgʻrisida. Yangi o‘quv yiliga shtatlar jadvalini tasdiqlash.
4.Turli masalalar.


Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab rahbari Normatov B.O. so‘zga chiqib 2022-2023- oʻquv yilida bajarilgan ishlar yuzasidan qisqacha ma’lumot berdi. Maktabda oʻtgan oʻquv yilida ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida oʻtkazilgan ichki monitoring natijalari, “Huquq bilimdonlari” koʻrik tanlovi shahar bosqichida erishilgan yutuq, fan olimpiadasining shahar bosqichidagi natijalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Oʻz soʻzining davomida maktabning oʻtgan 2022-2023-oʻquv yili uchun moʻljallangan yillik rejasida belgilingan vazifalar ijrosning bajarilish holati qoniqarli boʻlganligi, ayrim bandlari ijrosi doimiy boʻlganligi sababli bu oʻquv yilida ham jarayonlar davom ettirilishini ma’lum qildi.
Yangi oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ish reja tanishtirildi va belgilangan vazifalar yuzasidan ma’sullar va muddatini belgilash zarurligini takidladi.
Ish reja yuzasidan metod birlashma rahbari G.Yekubovaning taklifini inobatga olgan holda qoʻshmchalar kiritish taklifi berildi. Yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda yigʻilish qaror qiladi.

  1. 2022-2023-oʻquv yili yakuni yuzasidan berilgan hisobot ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Yangi 2023-2024-oʻquv yili uchun moʻljallangan kiritilgan qoʻshimchalar bilan ish reja tasdiqlansin

  3. O’qituvchilarni moddiy rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 425-sonli qaroriga asosan ishlab chiqiligan yangi ragʻbatlantirishga munosib nomzodlar ishchi guruh tomonidan shahar MMTBga taqdim etilsin. Mas’ul OʻIBDOʻ F.Mirxalikova




Yüklə 74,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin