29
ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha
naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatni yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish
jarayoni
hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli
tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan
foydalangan holda kishilar
ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda
iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini
ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning
manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki
unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda
olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq
qiymatga ega
bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish
jarayonining ikki tomonini
quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (3-chizma).
Dostları ilə paylaş: