26
Ta‘lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash,
ularni zamonaviy o‗quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‗quv-
metodik qo‗llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‗rish;
Maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini kengaytirish va ushbu
muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha
ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini
ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
Umumiy o‗rta ta‘lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika
hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori
bo‗lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‗rganish;
Bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‗ullanishga, ularni musiqa
hamda san‘at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini,
bolalar musiqa va san‘at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
Kasb-hunar
kollejlari o‗quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish
beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‗yicha
tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
Ta‘lim va o‗qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish
asosida oliy ta‘lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini
oshirish, oliy ta‘lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich
ko‗paytirish;
Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‗batlantirish, ilmiy va
innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini
yaratish, oliy o‗quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida
ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya
markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: