Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy
faolligini oshirish;
Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‗rni va faoliyati
samaradorligini oshirish;
Ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning
kasbiy faoliyatini himoya qilish.
14
3. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlari Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: Sudyalar
va
sud
apparati
xodimlarining
mavqeyini,
moddiy
rag‗batlantirish va ijtimoiy ta‘minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash;
Sudyalarga g‗ayriqonuniy tarzda ta‘sir o‗tkazishga yo‗l qo‗ymaslik
bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rish;
Sudning mustaqilligi va beg‗arazligi, sud protsessida tomonlarining
tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
―xabeas korpus‖ institutini qo‗llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan
sud nazoratini kuchaytirish;
Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlash: Fuqarolarning murojaatlarini o‗z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‗rib
chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‗lish holatlariga
yo‗l qo‗yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta‘minlash, shuningdek,
buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‗rish;
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta‘minlash;
Fuqarolarning xususiy mulkka bo‗lgan huquqlarini amalga oshirish
kafolatlarini mustahkamlash;
15
Fuqarolarning odil sudlovga to‗sqinliksiz erishishini ta‘minlash;
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.